Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Liliya Shokirova 24-oktabr kuni UFC’da debyut qiladi. Bu haqda MMAFighting xabar qilmoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

O‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC 254 musobaqasida Loren Myorfiga qarshi oktagonga chiqadi. Aslida Myorfi mazkur musobaqada Sintiya Kalvillo bilan jang qilishi kerak edi. Biroq uning raqibida koronavirus aniqlangan.

Shakirova O‘zbekistonda tug‘ilgan, u faoliyatining asosiy qismini Rossiya va Xitoyda o‘tkazgan. Liliya MMA’da 9 ta jang o‘tkazib, ularning sakkiztasida g‘alaba qozongan va bir bor mag‘lub bo‘lgan. Shokirova GFC promoushenida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Myorfi mutlaq yengil vazn toifasi reytingida 4-o‘rinda bormoqda (Kalvillo esa 3-o‘rinda). U MMA’da 13 bor g‘alaba qozongan va 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. Loren UFC’da ketma-ket uchta jangdan buyon yutqazmayapti. U so‘nggi jangida 20-iyun kuni Roksann Modafferini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasining asosiy jangi yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasida kechadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi