Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turida “Jenoa” 19-oktabr, dushanba kuni “Verona” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi va kichik ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi.  Ikkinchi bo‘limda jamoalar faollikni oshirdi, ayniqsa veronaliklarda qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Genuyaliklar darvozaboni Mattia Perin birinchi bo‘limda bo‘lgani kabi jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Bo‘limning ikkinchi yarmida “Verona” bosimni kuchaytirdi, biroq uchrashuvda darvozalar daxlsiziligi saqlanib qoldi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur o‘yinda A Seriyadagi debyutini o‘tkazdi. Asosiyda tarkibda maydonga tushgan Eldor 63-daqiqada zaxiraga olindi.

“Jenoa” ochkolarini 4 taga yetkazib olgan holda 12-o‘ringa ko‘tarildi. “Verona” (7) esa 7-pog‘onada qoldi.

A Seriya

4-tur bahsi

19-oktabr, dushanba

“Verona” — “Jenoa” 0:0

“Verona”: Silvestri, Chekkerini, Lovato, Alan Emperor (Dimarko, 67), Faraoni, Tamez (Salsedo, 81), Lazovich, Ilich, Ronaldu Viyeyra, Kolli (Zakkanyi, 81), Favilli (Kalinich, 60).

“Jenoa”: Perin, Chiborra, Masyello, Bani (Goldaniga, 69), Gilyone, Badel (Behrami, 79), Rovella (Ebong, 79), Radovanovich, Sapata, Shomurodov (Skamakka, 63), Pandev (Parijini, 79).

Ogohlantirishlar: Badel (11), Pandev (42), Tamez (53), Gilone (54), Goldaniga (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!