• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinchlik asridagi urush. Nalchik shahriga uyushtirilgan terroristik hujum tarixi

    2005-yilning 13–14-oktabr kunlari Rossiyaning Nalchik shahriga bir necha guruh bosqinchilar hujum uyushtirdi. Ular, asosan, xavfsizlik xizmati idoralari (politsiya idoralari, FXX idorasi, harbiy bo‘linma va hokazolar)ga hujum qildi. Bu bosqindan ko‘zlangan maqsad shaharni egallab, boshqaruvini to‘liq qo‘l ostiga olish edi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Soat sayin susaygan hujum

    13-oktabr kuni ertalabki vaqt bilan 08:20–09:00 lar orasida terroristlarning besh-olti kishidan iborat kichik-kichik guruhlari, umumiy hisobda 200 ga yaqin kishi turli xil mayda qurollar, (shuningdek, mashinalardagi RPG-7 va RPD kabi qurollar) bilan qurollangan holatda Nalchik shahriga ikki tomondan kirib keldi. Politsiya ofitserlari hamda terroristlar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuvlar shaharning uzoq chekkalarida bo‘lib o‘tdi. Soat 09:14 da esa birdaniga sakkizta mo‘ljalda terroristlar tomonidan kutilmagan tezkor hujumlar kuzatildi.

    Xuddi shu vaqtda eng dahshatli janglar qayd etilgan bo‘lib, bu janglar Nalchik shahri markazidagi KBR (Kabarda-Bolqor Respublikasi) FXX (Federal xavfsizlik xizmati) idoralariga uyushtirilgan hujumlar paytida kelib chiqqan edi. Soat 10:00 ga kelib, aeroport hamda chegaraga uyushtirilgan hujumlar muvaffaqiyatli bostirildi. 10:20 va 10:30 oralig‘ida esa bir necha terroristlar halok bo‘ldi. Bunga esa bino eshigini portlatishga urinish chog‘ida portlovchi moddalarni ehtiyotsizlik bilan ishlatishgani sabab bo‘ldi.

    Shuningdek, bir necha nafar terroristlar shaharning turli burchaklarida snayperlar tomonidan otib o‘ldirildi. Oradan uch soat o‘tib, FXX binosiga hujum uyushtirgan jamoa mag‘lubiyatga uchradi. Biroq shunga qaramay, FXX hamda Ichki ishlar vazirligi binolariga jiddiy zarar yetkazildi va hatto bitta binoda yong‘in ko‘tarildi. Kechga borib, soat 18:05 da terroristlar egallab olgan suvenir do‘koni ichidan bir nechta garovdagi tutqunlarni chiqardi va buning evaziga ichkaridagi jinoyatchilarga suv va ovqat yetkazib berildi.

    22:55 da xavfsizlik xodimlari Nalchikdagi uchta binoni qamalga olgan terroristlar bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Muzokaralar bosqinchilarning taslim bo‘lishi bilan yakunlandi. Shaharning barcha nuqtalaridagi kichik-kichik janglar yakunga yeta boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bir kun o‘tib, 14-oktabr kuni ertalab qamalga olingan suvenir do‘koni xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ozod qilindi. Bu jarayonda uchta terroristning barchasi o‘ldirildi va ikkita garovga olingan shaxs ozod etildi. Soat 09:30 da Nalchikdan 15 kilometr uzoqlikdagi Chegem shahrida huquqni muhofaza qilish xodimlari bilan bir kun oldin shaharga hujum uyushtirgan va ayni damda tog‘larga qochib ketishni rejalashtirayotgan terroristlar guruhi o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Beshta jangchi o‘ldirildi, bittasi esa hibsga olindi.

    12:00 va 14:00 orasida esa terroristlarning qarshilik qilib turgan so‘nggi guruhi tor-mor etildi. Nalchikdagi federal jazoni ijro etish departamentida o‘rnashib olgan terroristlarga qarshi o‘tkazilgan bu operatsiya davomida o‘n ikkita bosqinchi halok bo‘ldi.

    Bosqinchilar kim edi?

    Huquqni muhofaza qilish agentliklar ma’lumotiga ko‘ra, Nalchikdagi bosqinda 200 ga yaqin terrorchi ishtirok etgan bo‘lib, ularning uchdan bir qismi Nalchik fuqarolari, katta qismi esa KBR fuqarolari edi. Ular bosqinda asosan qo‘lda olib yuriladigan mayda qurollar, portlovchi moddalar va mashinalar ustiga ko‘chirib o‘tkazilgan granata uloqtiruvchi qurollardan foydalandi.

    Qurollar bir kun oldin yetkazilgan edi. Chechenistondagi Kavkaz fronti guruhi bosqinni uyushtirganlikda da’vo qilindi. Biroq Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bu iddaoni inkor etib, bosqin ortida kim turishi mumkin ekani to‘g‘risidagi savolga quyidagicha javob bergan edi: “Agar chechenlar u yerda bo‘lganlarida jang bunchalik tez tugamagan bo‘lardi. U yerdagilar o‘zlarining fuqarolari bo‘lgan”. Bosqinga Kabarda-Bolqordagi vahhobiy guruhi boshliqlari Anzor Astemirov va Ilyas Gorchxanov yetakchilik qilgandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bosqinchilarning rejalarini barbod etgan vaziyat

    Eslab o‘tish lozim, voqeadan oldingi ikki kun (12–13-oktabr kunlari) Nalchik shahridagi Belaya Rechka qishlog‘i yaqinida joylashgan huquqni muhofaza qilish agentligi o‘nga yaqin bosqinchilardan tashkil topgan guruhga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazgan bo‘lib, operatsiya chog‘ida yarim tonnaga yaqin portlovchi moddalar topib olingan edi. Huquqni muhofaza qilish agentliklari mana shu voqea bilan 13-oktabrda uyushtirilgan bosqin orasida aloqa mavjud, deb taxmin qilishdi. Xalqaro aloqalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Aleksandr Chekalin o‘sha vaqtda shunday deb ta’kidlagan edi: “Ular bu guruhning ozod bo‘lishiga yo‘l ochish maqsadida hujum orqali e’tiborni chalg‘itishga urinishdi”.

    Huquqni muhofaza qilish agentliklari ta’kidlashicha, Nalchikka uyushtirilgan hujum bir kun oldingi Belaya Rechka maydonida diniy mutaassiblar guruhini yo‘q qilishni maqsad qilgan operatsiyaga nisbatan javob reaksiyasi bo‘lib, hujum maqsadi harbiy kuchlarni operatsiyadan chalg‘itish va shu yo‘l orqali guruhning jo‘nab ketishiga imkoniyat yaratish edi. Terroristlarning Belaya Rechka qishlog‘i yaqinida joylashgan bazasidan topib olingan hujjatlarga ko‘ra, harakat oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, sakkiztadan 15 tagacha kishini o‘z ichiga olgan 16 ta bosqinchi guruh bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Aslida, bosqin jami bo‘lib 240 kishini o‘z ichiga olishi kerak edi, biroq bazaga qilingan hujum tufayli operatsiya reja bo‘yicha ketmadi.

    Shuningdek, Nalchikdagi hujumdan oldinroq bosqin yetakchilaridan biri Anzor Astemirovning ishonchli kishilaridan biri qo‘lga olindi va tintuv natijasida undan aeroport xaritasi hamda shahar politsiya departamenti va boshqa huquqni muhofaza qilish agentliklari suratlari joylangan flesh karta topib olindi. Bundan ayonki, terroristlar jiddiy harakatni rejalashtirayotgan edi.

    11-oktabr kuni Kenje yaqinidagi o‘rmonda bosqin yetakchilari Shamil Basayev bilan uchrashganlari ma’lum bo‘ldi.  9-oktabrda esa beton bilan o‘ralgan zavod hududidan 500 kilogrammga teng portlovchi moddalar topib olingan edi. Operatsiyadan so‘ng Shamil Basayev o‘z bayonotida operatsiyadan besh kun oldin maxfiy ma’lumotlar fosh bo‘lgani hamda Nalchikka qo‘shimcha kuchlar kiritilganini terroristlarning katta yo‘qotishiga sabab sifatida keltirib o‘tdi. Uning aytishicha, operatsiyaga juda uzoq muddat mobaynida tayyorgarlik ko‘rib kelingani sababli ular bosqinni bekor qilmagan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kabarda-Bolqor ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikni nazorat qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Albert Sijajevning aytishicha, bosqinchilar nafaqat respublika poytaxtini qo‘lga olishni, balki uni ikki oy davomida nazoratda ushlab turishni va undan so‘ng esa o‘rmonlarda qochib yurib, partizanlik usulida urushni davom ettirishni rejalashtirgan ekan. Sijajev Nalchikdagi bosqin, aslida, 4-noyabr kuni – Ramazon tugashi bilan sodir bo‘lishi ko‘zlangan ekanini ham qo‘shib qo‘ydi.

    Halokatli oqibatlar va jinoyatga berilgan jazo

    Bosqin oqibatida 93 ta terrorist o‘ldirildi va yetmishdan ortiq kishilar jinoyatga sheriklikda gumon qilinib hibsga olindi. Shuningdek, 14 ta fuqaro va 35 ta politsiya ofitserlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari ofitserlari halok bo‘ldi, 240 dan ziyod odamlar jarohatlandi (ularning orasida 129 kishi huquqni muhofaza qilish organlari ofitserlari edi).

    2005-yil 11-noyabrgacha halok bo‘lgan 90 kishidan 80 tasi jinoyatchi deb topildi. Boshqa ma’lumotlar jon berganlarning ko‘pchiligi fuqarolar ekaniga ishora qiladi. Terroristlar esa o‘zlarining 37 ta a’zosi o‘ldirilgan, deya hisobladi. Tergov jarayonida 38 ta kishi gumondor sifatida qamoqqa olindi va 160 dan ziyod qurollar musodara qilindi. Yana boshqa gumondor esa 2008-yil fevralda qamoqda ekanida saratondan vafot edi. Ayni damda 59 kishi uyushgan jinoiy harakatni amalga oshirish, garovga olish, qurollangan bosqinchilik, terroristik harakat, huquqni muhofaza qilish xodimlari hayotiga tajovuz, qotillik va boshqa jiddiy jinoyatlarda ayblandi.

    2014-yilgacha davom etgan sud jarayonlari Anzor Mashukov, Murat Bapinayev, Aslan Kuchmenov, Rasul Kudayev va Edvard Mironovlarni umrbod qamoq jazoga tayinlanishi bilan yakunlandi. 49 ayblanuvchi esa qattiq rejimdagi kaloniyalarda boshqa turdagi qamoq jazolari bilan tayinlandi. Ayblanganlarning uchtasi esa qamoq muddatini o‘tab bo‘lgani sababli ozod etildi.

    Rahimjon Qudratov tayyorladi.

    13.10.2020, 20:57   Izoh (0)   90680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Svetlana Tixanovskaya Belarus hukumatiga “xalq ultimatumi”ni e’lon qildi

    13.10.2020, 20:33

    Rossiyada COVID-19’ga chalinish va undan vafot etish holatlari bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi

    13.10.2020, 17:41

    Trampni davolayotgan shifokor testlar AQSh prezidentida koronavirus yo‘qligini ko‘rsatganini ma’lum qildi

    13.10.2020, 17:11

    JSST: bir hafta ichida koronavirusga chalinish rekord darajada o‘sgan

    13.10.2020, 14:27

    Belarus IIV jangovar qurol ishlatishga tayyorligini ma’lum qildi

    13.10.2020, 14:12

    Tog‘li Qorabog‘dagi nizo — suratlarda

    13.10.2020, 11:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Matritsa” ham mukammal emas: hammaning e’tiboridan chetda qolgan 5 ta xato

    Madaniyat | 30 may, 14:23

    Yaponiyalik olimlar tishlarni qayta o‘stiruvchi dori ixtiro qildi

    Texnologiyalar | 30 may, 14:20

    Novak Jokovich Chempionlar Ligasi finalida kimga muxlislik qiladi?

    Sport | 30 may, 14:11

    Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    Dunyo | 30 may, 14:03

    Organizm qarishi qachon boshlanadi? Mutaxassislar javobi

    Layfstayl | 30 may, 13:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.