Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 2021-yilda taqdim etiladigan keyingi avlod flagman smartfonlarini yaratish bilan jiddiy shug‘ullanmoqda. Gizmochina nashri yangi seriyaning eng katta modeli — Galaxy S21 Ultra’ga doir ilk tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon asosiy kamerasi 108 megapikselli sensorga ega bo‘ladi. Flagmanga jami beshta kamera o‘rnatiladi. Shu bilan birga, Galaxy S21 Ultra yangi avlod datchiklari — Samsung ISOCELL HM2’ bilan jihozlanadi.

Qurilma 8K sifatli videoni tasvirga olish funksiyasi va 240 k/s kadrlar chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon ekranining yangilanish chastotasi esa 120 yoki 144 gerts bo‘lishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Galaxy S21’ga 65 vattli tezkor quvvatlanishga ega sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatiladi. Kompaniya hozirda bu boradagi texnologiyani yaratish bilan shug‘ullanmoqda.

Samsung jami uchta smartonini taqdim etadi — Galaxy S21, Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra. Devayslar Snapdragon 875 yoki Exynos 2100 protsessorlari bazasi ishlaydi. Yangi gadjetlar taqdimotiga hali bir necha oy bor, shu sababli Galaxy S lineykasidagi keyingi avlod qurilmalarini aniq ishlab chiqarishni boshlash sanasi noma’lum.

Avvalroq Samsung flagmanlarga xos texnik jihatlarga ega Galaxy S20 FE modelini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi