Buyuk Britaniya fuqarosi komadan chiqib 20 yillik hayotini unutib qo‘ydi. U o‘z yaqinlarini o‘g‘rilar deb hisoblagan va shifokorlarni hozir 1998-yil ekanligiga ishontirishga uringan, deb yozadi Metro.

Foto: Metro

2018-yilning 12-fevralida 36 yoshli Stivi Karter suyuklisi bilan ishga ketayotgan bo‘lgan. To‘satdan ayol boshida og‘riq paydo bo‘lganini sezgan. “Chidab bo‘lmas og‘riq sabab men baqirishni boshladim”, — deya eslaydi Karter.

Haydovchi shu zahoti mashinani ortga burib, ayolni uyiga olib borgan. U Karterga eshikka yetib olishi uchun yordamlashgan, biroq ayol ostonada yiqilib, xotirasini yo‘qotgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari uni mahalliy shifoxonaning nevrologiya bo‘limiga olib ketgan. Miya tomografiyasi bemor kamyob kasallik — arterivenoz malformatsiya bilan tug‘ilganini ko‘rsatgan. Bu esa insultni paydo qilib, miyaga qon quyulishiga olib kelgan.

Karterning ahvoli favqulodda og‘ir bo‘lgani sabab shifokorlar uning miyasini zudlik bilan operatsiya qilib, ayolni sun’iy komaga tushirishga majbur bo‘lgan. Tibbiyot xodimlari bemorning yaqinlariga ayolning omon qolish ehtimolligi taxminan ikki foizga tengligini ma’lum qilgan.

Oradan ikki hafta o‘tgach, ayol o‘ziga kelgan, biroq u o‘z yaqinlarini eslay olmagan va hozir 1998-yil deb hisoblangan. Karterning aytishicha, uni o‘g‘irlab ketishgan va 20 yil davomida asirlikda saqlashgan. “Men qayerda ekanligimni va nimalar bo‘layotganini tushunmas edi. Shuningdek, kasallik tanamning o‘ng qismini shol qilib qo‘ygani sabab uzoq vaqt qayta tiklanish kurslari kerak bo‘ldi”, — deydi Karter.

Operatsiyadan bir necha hafta o‘tgach, britaniyalikning xotirasi yana qayta boshlagan. Uch oy davom etgan jismoniy mashqlar uning to‘liq harakatlanish funksiyasini tiklashga yordam bergan. Biroq Karter hamon xotirasi bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilib turadi.