Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Senati a’zolarini saylash bo‘yicha qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Saylov natijalarga ko‘ra 45-“Shumanay” saylov okrugidan Jo‘qorg‘i Kenges deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-“Qorako‘l” saylov okrugidan Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Senati a’zolari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Murat Kamalov 2-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston rahbari etib saylangan edi. Respublikaning avvalgi rahbari Musa Yerniyazov 31-iyul kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston vakili bo‘ladi. Qoida tariqasida, ushbu lavozimni har safar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi egallaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...