Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent metropolitenining “Sergeli” yo‘nalishini qurish ishlari yakunlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Sergeli—Olmazor metro yo‘nalishida relslarni o‘rnatish ishlari tugatilib, bekatlarda so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Umumiy qiymati 82,66 million dollar bo‘lgan ushbu loyihada dastlabki qurilish ishlari 2017-yil boshida boshlangan edi. Mazkur loyiha “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, bunyodkorlik ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan bajarilmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, loyiha “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipchoq” bekatlaridan iborat. Bugungi kunda ushbu obyekt qurilish ishlarida 1200 ga yaqin mutaxassis va ishchi-xodim, 100 dan ortiq mashina va texnikalardan foydalanilmoqda.

Quruvchilar tomonidan hozirgacha “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipchoq” bekatlarida asosiy qurilish ishlari yakunlanib, tashqi va ichki qismlarga bezak berish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu kungacha bekatlar oralig‘idagi ikki yo‘lli po‘lat izlarning jami 12,8 kilometr qismiga temir yo‘l izlari to‘liq yotqizildi. “Choshtepa” bekati Chilonzor yo‘nalishidagi “Olmazor” yerosti bekati bilan bog‘lanadi.

Ushbu yo‘nalishning tunnel qismi Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Olmazor” yerosti bekatiga ulandi. “Choshtepa” bekati yangi yo‘nalishning dastlabki estakada shaklidagi bekati bo‘ladi. Undan keyin esa “Toshkent halqa yo‘li” bekati keladi. Ushbu yo‘nalish “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipchoq” bekatlari bilan yakun topadi. Bu bekatlarda ham asosiy qurilish ishlari tugatilib, perronlarni pardozlash, eskalator o‘rnatish, metro poyezdlari uchun elektr energiyasini montaj qilish, elektr yoritish uchun kommunikatsiya kabellarini ulash ishlari olib borilmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Ta’kidlanishicha, o‘tgan vaqt davomida loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan 1484 dona temir-beton balkaning barchasi 100 foizga o‘rnatildi. Shuningdek, 222 dona tayanch ustun rigeli, 223 dona tayanch ustunning o‘rnatilishi yakuniga yetdi.

Ma’lum qilinishicha, bekatlarning kirish, chiqish hududlari ko‘rinishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi, ya’ni o‘ziga xos rang-barang me’morchilik asosida barpo etilmoqda. Perron qismiga ishlatilgan qurilish mahsulotlari ko‘rinishi, rangi va turi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Yo‘lovchilar uchun ham katta qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, imkoniyati cheklanganlar uchun bekatlar platformasida xavfsiz taktil plitkalar yotqizilishi hamda yo‘lovchilarning platformalarga ko‘tarilishi uchun lift va eskalator, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida esa bekatlarga videokuzatuv uskunalari, IT rusumdagi turniketlar hamda elektr tejaydigan yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Mobil aloqa uskunalari uchun elektr quvvatlagichlar bo‘ladi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Vazirlikning xabar berishicha, “Sergeli” metro yo‘nalishida qurilish ishlari to‘liq tugatilgach “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyaning “Metrovagonmash” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Toshkent shahridagi yerusti metropoliteni uchun har biri 4 ta vagondan iborat metro poyezdlari mazkur yangi yo‘nalishda harakatlanadi. Ushbu loyiha yakuniga yetgach 214 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qayd etilishicha, oxirgi 3 yilda tumanda 19 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Namunaviy ko‘rinishdagi 26 ta mahalla guzari barpo etildi. Shu davrda 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, tumanning jami aholisi soni 276 ming nafardan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlar hamda yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi sentabr oyining boshida ishga tushgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi