“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
11:46, 03.10.2020 61441

To‘la ayollarga ko‘ylak ko‘proq yarashishining 8 isboti (foto)

Ayol kishi uchun kiyimning ortiqchasi bo‘lmaydi. Biroq kerak-kerakmas xaridni amalga oshirgandan ko‘ra, qomatdan kelib chiqib, kamchiliklarni inobatga olgan holda yondashish obrazning esda qolarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Ko‘ylak qomatni chiroyli ko‘rsatadi

Foto: “Yandeks Dzen”

Ayollarga xos latofatni qop bichimli yoki haddan ortiq keng libos tagiga yashirish kerak emas. Qomatga mos bejirim libos yanada nazokatli ko‘rsatish xususiyatiga ega. “Futlyar” bichimli, etaklari keng modellar esa eng yaxshi variant hisoblanadi.

Ko‘ylak qomatning kamchiliklarini yashiradi

Foto: “Yandeks Dzen”

Ko‘ylaklar boshqa kiyimlardan ham ko‘proq ortiqcha vazn va to‘lacha qomatni yashirish xususiyatiga ega. Biroq uni tanlashda qomat va bo‘ydan kelib chiqqan holda yondashish kerak bo‘ladi.

O‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishiga sabab bo‘ladi

Foto: “Yandeks Dzen”

Hatto oddiy ko‘ylak ham jinsi va futbolkadan ko‘ra chiroyli va qiziqarliroq ko‘rinadi. Ko‘ylak kiygandan keyin o‘zgacha poyabzal va aksessuar qo‘shish xohishi paydo bo‘ladi. Bunday obraz esa ayolning o‘zini yaxshi his qilishi va kayfiyatiga ta’sir etmay qolmaydi, natijada esa har doimgidan ham o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishiga sababchi bo‘ladi. Psixologik ahvolning pozitivligi esa hayotning turli jabhalarida yordam berishiga shubha yo‘q.

Boshqalar e’tiborini jalb etmay qolmaydi

Foto: “Yandeks Dzen”

Diqqat markazida bo‘lish uchun yaltiroq va bachkana obraz bo‘lishi shart emas, did bilan tanlangan libos modeli va unga moslangan oddiy poyabzal atrofdagilar e’tiborini jalb etmay qolmaydi.

Yubka, shim, shorti va leginslar qulay ekanligiga shubha yo‘q, lekin har bir ayol qiz garderobida yo‘q deganda kundalik va oqshom bazmlari uchun ikkita libos bo‘lishi kerak.

Ko‘ylak hech qachon urfdan qolmaydi

Foto: “Yandeks Dzen”

Istalgan moda chiqishlariga nazar tashlansa, dizaynerlar kolleksiyalari taqdimotining hech biri ko‘ylaksiz bo‘lmasligiga amin bo‘lish mumkin. Buning sababi liboslar hamisha ijodkorona g‘oyalarni realizatsiya qilishga yordam berishi bilan bog‘liq.

Ko‘ylaklar vaqtni tejashga yordam beradi

Foto: “Yandeks Dzen”

Ko‘ylak bu tayyor obraz degani. U bilan qanday shim yomi yubka kiyishni o‘ylamasa ham bo‘ladi. Shoshilinch va to‘satdan belgilangan uchrashuvlarga nima bilan nimani moslash haqida bosh qotirib o‘tirmay, garderobdan boradigan joyga mos libosni kiyish va 10-20 daqiqa vaqtni tejash mumkin.

Ko‘ylak bu qulaylik demak

Foto: “Yandeks Dzen”

Ko‘ylaklar nafaqat issiq kunlarda, balki sovuq haroratda ham qulay hisoblanadi. Buning uchun uni qalin kolgotka bilan kiyishning o‘zi kifoya. Qulaylik esa hozirgi kunga xos bo‘lgan kunning asosiy qismini ish yoki o‘qishda o‘tirib o‘tkazish uchun ayni muddao hisoblanadi.

Ozg‘in ko‘rsatadi

Foto: “Yandeks Dzen”

Ayolning qomati va o‘lchamidan kelib chiqib to‘g‘ri tanlangan libos egasini ancha ixcham ko‘rsatadi. Sifatli mato, rang va print tanlashda ham alohida e’tibor berish siluetga ko‘rk qo‘shadi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ