Ayol va qizlar uchun qancha ko‘p sumka bo‘lsa shuncha yaxshi. Buni bilgan dizaynerlar ham turli mavsumda farqli modellarni taqdim etishdan charchamaydi. 2020-yilning bahorida gulli va turli printli, yozda to‘qilgan, savatni esga soladigan sumkalar yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, kuz faslida o‘ziga xos shakldagi rang-barang sumkalar urfda.

Foto: Harper’s Bazaar

Ayniqsa, xobo, tout va klatchlar dolzarbligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Brendlar tomonidan taqdim qilingan kolleksiyalarda nafaqat kundalik obraz uchun, balki oqshom tadbir va ziyofatlariga tutish mumkin bo‘lgan bejirim variantlarni ham uchratish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Neous taqdim qilganidek och kulrang xoboni ish va sayrga chiqqanda yelkaga ilish, Staudning feruza rangli timsoh terisini yodga soladigan sumkasini rasmiy uchrashuvlarga hech ikkilanmay tutish, Bottega Veneta’ning och pushti noan’anaviy sumkasi bilan esa romantik obraz yaratish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Shuningdek, quyida suratlari keltirilgan Themoire, Jacquemus kolleksiyalariga mansub sumkalar ham kuzgi obraz uchun ayni muddao.

Foto: Harper’s Bazaar

Ayniqsa, Simon Port Jakmyusning rangi qahva va sut aralashmasini esga soladigan zamshdan tayyorlangan Le Bambino modeli mavsum uchun musthave hisoblanadi. Mazkur sumkani ishga tutish va shu kunning o‘zida oqshomdagi tadbirga u bilan birga ketish mumkin. Kuzdagi garderobini qanday sumkalar bilan boyitishni istaganlar ilhomlanishi uchun namunalar bilan bilan bo‘lishamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar