Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 4-turida “Real” 30-sentabr, chorshanba kuni “Valyadolid”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limi kutilganidek madridliklar ustunligida o‘tdi. Biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda Zinedin Zidan shogirdlari faollikni yanada oshirdi. Ketma-ket hujumlar 65-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi: zaxiradan maydonga qo‘shilgan Vinisius Junior mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

“Atletiko” safarda “Ueska” bilan bahs yuritdi. Poytaxtliklar ustunligida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi. “Vilyarreal” esa Pako Alkaserning dubli va Xerar Morenoning goli evaziga g‘alabaga erishdi.

La Liga

4-tur bahslari

30-sentabr, chorshanba

“Real Madrid” — “Valyadolid” 1:0

Gol: 1:0 – 65 Vinisius.

“Real Madrid”: Kurtua, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 57), Varan, Ramos, Isko (Asensio, 57), Modrich, Valverde, Kazemiro, Benzema (Mayoral, 87), Yovich (Vinisius Junior, 58).

“Valyadolid”: Roberto, Raul Karnero, Sanches, Bruno Gonsales, Ervias, Michel (al-Yamik, 87), San-Emeterio (Markos Andre, 64), Valdo Rubio (Gvardiola, 74), Orelyana (Kike Peres, 63), Plano, Veysman (Toni Vilya, 74).

Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (71), Kazemiro (78), Marselo (90).

“Ueska” — “Atletiko” 0:0

“Ueska”: Fernandes, Pedro Lopes (Silva, 72), Pulido, Siovas, Galan, Seoane, Moskera, Mikel Riko (Xuan Karlos, 82), Ferreyro (Serxio Gomes, 82), Okazaki (Rafa Mir, 70), Garsiya (Ontiveros, 69).

“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Felipe, Ermoso, Lodi, Lyorente (Karrasko, 61), Tomas, Saul (Koke, 75), Vitolo (Korrea, 46), Joau Feliks, Suares (Diyego Kosta, 62).

Ogohlantirish: Galan (80).

“Vilyarreal” — “Alaves” 3:1

Gollar: 1:0 – 13 Pako Alkaser, 1:1 – 36 Mendes, 2:1 – 45, penalti Xerar Moreno, 3:1 – 67 Pako Alkaser.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!