Hozirda millionlab muxlislar o‘zining sevimli yulduziga o‘xshashni orzu qiladi. Afsuski, hozirda dunyoga mashhur san’atkorlar yoshligida “irkit o‘rdakcha” bo‘lgani kimning ham xayoliga kelishi mumkin? Ishonish qiyin, ammo ular bolaligida go‘zallikdan ancha yiroqda bo‘lgan. Shuningdek, ular tengdoshlari tomonidan qilingan mazahlardan aziyat chekkan. Ammo oradan yillar o‘tib ular haqiqiy “oqqush”ga aylandi – go‘zal, boy va mashhur!

Foto: Cosmopolitan

Keyt Xadson

Foto: Cosmopolitan

Keyt Xadson bolaligida juda qiynalgan, uning tashqi ko‘rinishi, albatta, hozirgidek bo‘lmagan. Plastik operatsiya yoki malakali sartaroshning mahoratiga qoyil qolmay iloji yo‘q.

Megan Foks

Foto: Cosmopolitan

Megan Foks bolaligida chindan ham ko‘rimsiz qiz edi. Birinchidan, uning xarakteri bema’ni, ikkinchidan, bunday xunuk qiz bilan hech kim do‘st bo‘lishni istamagan. Lekin yana o‘z kasbining ustalari uni haqiqiy malikaga aylantirdi-qo‘ydi.

Viktoriya Bekxem

Foto: Cosmopolitan

Viktoriya Bekxem bolaligidagi suratlarni ko‘p vaqt jamoatchilikdan yashirgan. Oddiygina qizaloq kelajakda mashhur xonimga aylanishini hech kim tasavvur ham qilmagan.

Jennifer Lopes

Foto: Cosmopolitan

Jennifer – katolik maktabining kamtar o‘quvchisi. Bugungi kunda dunyoga mashhur yulduz.

Kristen Styuart

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa ilk marotaba 8 yoshida rol ijro etdi. Dastlab, bunday uyatchan qizdan hech kim mashhurlikka erishadigan aktrisa bo‘lishini kutmagan.

Sara Jessika Parker

Foto: Cosmopolitan

Sara yoshligida katta burun, kichkina ko‘zlar va xunuk oyoqlar tufayli anchagina ko‘rimsiz edi. Keyin u hammasiga tupurdi va chinakam yulduzga aylandi.

Teylor Svift

Foto: Cosmopolitan

Teylor Svift yoshligida faqat qizlar bilan do‘stlashgan, chunki uning ahmoqona sochlari bolalar uchun qiziq emasdi. Ammo bugun ularning barchasi yulduzning go‘zalligiga qarab hayratlanadi.

Nikol Kidman

Foto: Cosmopolitan

Nikol Kidman bolaligida mashhur yulduzga emas, balki qishloqning oddiy qiziga o‘xshardi. Ammo ulg‘ayib, yoshi o‘tgan sari uning yashirin go‘zalliklari ochilib bormoqda.

Keyt Moss

Foto: Cosmopolitan

Keyt Moss bolaligida juda ko‘p narsalarni orzu qilgan. Lekin bunday ko‘rinishdagi qiz qanday qilib mashhurlik shohsupasiga chiqqani esa sir.

Demi Mur

Foto: Cosmopolitan

Demi yoshligida katta lupali ko‘zoynak egasi bo‘lgan. Shuningdek, uning tengdoshlari tomonidan doimiy masxaralanishi uning ruhiyatiga ham qattiq ta’sir qildi. Bir paytlar u o‘zining joniga qasd qilishni ham o‘ylagan. Keyinchalik uning Los-Anjelesga tashrifi barchasini o‘zgartirib yuborgan.