Kosmetologiya va jarrohlik amaliyotining gullab-yashnashi davrida istagan ko‘rinishni paydo qilish qiyin emas. Bu tajribani eng ko‘p o‘zida sinab ko‘rgan Gollivud yulduzlarining avval, hozir va Instagram sahifalarida joylashtirgan suratlar orasida qay darajada tafovut mavjudligining guvohi bo‘lasiz.

Madonna

Foto: Cosmopolitan

Oxirgi 20 yil ichida Madonnaning ko‘rinishida katta o‘zgarishlar yuz berdi, albatta, bu jarrohlik amaliyoti yordamisiz sodir bo‘lmas edi. Shundan so‘ng ba’zi muxlislar yulduzdagi sobiq Madonnani tanib olishni to‘xtatdi. Qo‘shiqchining Instagram sahifasiga joylagan suratlar esa darhol e’tiborga tushdi.

Selena Gomez

Foto: Cosmopolitan

Selena Instagram sahifasiga joylashtirgan suratini shu darajada tahrir qiladiki, u yulduzning yoshligiga o‘xshab ketadi. Chunki uning avval va Instagram’dagi suratlari orasida deyarli farq yo‘q. Lekin qo‘shiqchi tashqi ko‘rinishi ustida jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi tufayli ancha o‘zgargan. Aslida esa yulduz effektlarsiz ham go‘zal ko‘rinishda ekanligini bilmaydi.

Kayli Jenner

Foto: Cosmopolitan

Kayli Jenner ham xuddi Madonnadek ko‘plab operatsiyalar orqali o‘zini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirdi. Kaylining hozirgi ko‘rinishida uning avvalgi holatidan asar ham qolmagan. Bundan tashqari Instagram sahifasida o‘z fotosuratlarini misli ko‘rilmagan darajada bezatishda davom etmoqda.

Nikol Kidman

Foto: Cosmopolitan

Sariq soch go‘zal yulduz jarrohlik amaliyoti bilan tanishdi va o‘zini to‘xtatolmadi. Hattoki yulduz tabassumini to‘g‘irlash uchun ham noyob operatsiyani boshdan kechirdi. Garchi aktrisa turli xil ukol va operatsiyalarni amalga oshirsa-da, u hali ham mimik ajinlarga ega. Yulduz Nikol Instagram sahifasiga joylayotgan suratlarda ajin va nuqsonlarni osongina o‘chirish mumkin bo‘lgan foto muharrir yordamida xalos qiladi.

Britni Spirs

Foto: Cosmopolitan

Yulduz rinoplastikani sinab ko‘rdi va shu zahoti to‘xtatishga qaroq qildi. Gollivud yulduzlari kamdan kam holatlarda bunday qiladi. Shuningdek, unga 2008-yildan beri uning homiysi bo‘lgan va o‘z hayotini boshqarishga imkon bermaydigan otasi bilan bog‘liq vaziyat ta’sir o‘tkazgan. Britni suratda achinarli va hatto qo‘rqib ketgandek ko‘rinadi. U Instagram sahifasida suratlarni bezaklar yordamida tuzatishga harakat qiladi. Aytgancha, u fotosuratlarni juda mohirlik bilan ishlaydi.

Jennifer Lopez

Foto: Cosmopolitan

“Go‘zallik ukollari”ning o‘rniga oddiy kosmetik muolajalar va to‘g‘ri ovqatlanishni tanlagan Gollivud go‘zali. U sog‘lom turmush tarzi tufayli 90-yillarning oxiridan beri, umuman, o‘zgarmagan va hali ham jozibador ko‘rinishga ega. Ammo yulduzning Instagram’dagi fotosurati bundan mustasno. U odamdan ko‘ra ko‘proq qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi. Instagram’dagi surat ustida juda ko‘p ishlanganlik tufayli ularning barchasi juda g‘alati va hatto qo‘rqinchli ham.

Xloi Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Xloi operatsiya orqali yosh ko‘rinishda singlisi Kaylidan qolishmaydi. U o‘zida jarrohlik amaliyoti – yuz chegarasini tuzatish va lablarni kattalashtirish operatsiyalarni o‘tkazdi. Ammo shuncha ishlardan so‘ng ham yulduzning ko‘rinishida katta o‘zgarish kuzatilmagan. Shunday bo‘lsa ham, uning Instagram sahifasidagi fotosuratlar bilan vaziyat boshqacha. Yulduz suratlarni joylashda yuzini kichraytiradi va burnini yanada ingichkalashtiradi. Instagram’ga joylashtirilgan bunday chiroyli fotosuratlardan so‘ng yulduzni hayotda tanib olish juda qiyin.