Farg‘ona viloyatida Nexia traktor tirkamasiga urilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV.

Foto: IIV

Qayd etilishicha, 25-sentabr kuni Q.Y. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasini Yozyovon tumani “Qatortol” MFY hududida boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan X.Sh. boshqaruvidagi TTZ rusumli traktorning tirkamasiga urilgan.

Oqibatida, Nexia avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi I.Sh. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, Nexia avtomashinasi haydovchisi Q.Y. va yo‘lovchilar M.M. hamda U.T. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Ohangaronda Hyundai’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir ayol va uning besh oylik farzandi halok bo‘lgani xabar qilingandi.