Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 3-turida “Atletiko” 27-sentabr, yakshanba kuni “Granada”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 9-daqiqasida Diyego Kosta madridliklarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar boshqa gol bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalar olti bor ishg‘ol etildi. “Atletiko” safida debyut o‘yinini o‘tkazgan Luis Suares dubl qayd etdi. Mezbonlarning qolgan gollariga Anxel Korrea, Joau Feliks va Markos Lyorente muallif bo‘ldi. Mehmonlarning yagona javob to‘pini Xorxe Molina kiritdi.

Shu tariqa “Atletiko” mavsumdagi ilk o‘yinida yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoaning dastlabki ikki turdagi o‘yinlari qoldirilgandi.

La Liga

3-tur bahsi

27-sentabr, yakshanba

“Atletiko” — “Granada” 6:1

Gollar: 1:0 – 9 Diyego Kosta, 2:0 – 47 Korrea, 3:0 – 65 Joau Feliks, 4:0 – 72 Lyorente, 5:0 – 85 Suares, 5:1 – 87 Molina, 6:1 – 90+3 Suares.

“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Lodi, Savich, Felipe, Saul, Karrasko (Tomas, 71), Korrea (Vitolo, 77), Koke (Lemar, 77), Joau Feliks (Lyorente, 71), Diyego Kosta (Suares, 70).

“Granada”: Ruy Silva, Fulke, Valyexo, Dias, Duarte (Xerman Sanches, 84), Aziz, Kenedi (Soro, 60), Errera (Viko, 71), Milya (Eteki, 71), Puertas (Machis, 60), Molina.

Ogohlantirishlar: Duarte (15), Joau Feliks (27), Saul (59), Tomas (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!