O‘zbekiston 2020-yilning 8 oyida xorijiy davlatlardan qiymati 57,2 million dollarga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qildi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,9 million dollarga ko‘p.

O‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Koreya (26,6 million), Xitoy (8,6 million dollar), Turkiya (8,6 million dollar), Rossiya (4,1 million dollar), Litva (1,6 million dollar), va Ukraina (1,5 million dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Italiyadan esa 1,3 million dollarlik mebel mahsulotlari import qilingan.

2020-yilda O‘zbekiston mebel mahsulotlarini 46 ta xorijiy davlatdan import qilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 51 tani tashkil etgan.