“Milan” Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Bude-Glimt” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.
Bu milanliklar uchun o‘tgan mavsumdagi bahslarni ham hisobga olganda mag‘lubiyatsiz 16-o‘yin bo‘ldi. “Rossonerilar” bu vaqt davomida 12 ta bahsda g‘alaba qozondi, 4 ta o‘yinda esa durang o‘ynadi.
So‘nggi bor Zlatan Ibragimovich jamoadoshlari 2020-yil martida (koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan oldin) A Seriya doirasida “Jenoa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.
“Milan” A Seriyaning navbatdagi turida “Krotone”ga qarshi maydonga tushadi. Yevropa Ligasining navbatdagi bosqichida esa klub Portugaliyaning “Riu Ave” klubiga qarshi o‘ynaydi. Mazkur bahs 1-oktabrga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovichda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)