“Sevilya” UEFA Superkubogi doirasidagi “Bavariya”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi.
Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda “Bavariya” gol urgan holda g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa “Sevilya”ning Yevropa Superkubogidagi mag‘lubiyatlari soni beshtaga yetdi (uchtasi qo‘shimcha bo‘limlarda). Bu musobaqa antirekordi hisoblanadi.
Mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha keyingi eng yomon natija “Barselona”ga tegishli — 4. “Real”, “Portu”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” uch martadan mag‘lub bo‘lgan.
“Sevilya” shu vaqtga qadar faqat bir marta — 2006-yilda “Barselona”ga o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olgandi (3:0).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)