Daryo

Zlatan Ibragimovichda koronavirus aniqlandi

Zlatan Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi

1 daqiqa o‘qish40 220 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovichning koronavirusga topshirgan testi ijobiy xulosa berdi. Bu haqda milanliklar klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Zlatanning o‘zi ham mazkur holatga munosabat bildirdi.

“Koronavirusga topshirgan testim kecha salbiy natija bergandi, bugun esa tahlillar ijobiy chiqdi. Hech qanday alomatlar bo‘lmadi. Koronavirusning menga chorlov tashlashga jur’ati yetibdi. Bu yomon fikr”, — deya yozadi futbolchi.

38 yoshli futbolchi Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Budyo-Glimt”ga qarshi kechadigan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Milanliklar 24-sentabr kuni o‘z uyida norvegiyaliklarni qabul qiladi.

Avvalroq “Milan” himoyachisi Leonardo Duarteda koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar