• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DTM sayti mandat e’lon qilinishi bilan “quladi”. Rasmiylar bu sayt har qanday yuklamani ko‘tara olishini aytgandi

    Davlat test markazi 25-sentabr kuni soat 15:00 da o‘z saytida oliy ta’lim muassasalari (OTM)larga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qildi. Biroq minglab abituriyentlarning bir vaqtdagi ko‘plab so‘rovlari sabab, sayt ochilmay qoldi. Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda (Toshkent vaqti bilan 18:05 da) ham sayt sahifalari qiyinchilik bilan yuklanayotgan edi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda DTM sayti ishlamay qolgani haqida ko‘plab xabarlar qoldirilgan. Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ta’kidlashicha, “har qanday ‘nagruzka’ni ko‘tara oladi, deb va’da qilingan DTM serverlari aytilganday bo‘lib chiqmagan”. “Tizimga katta yuklanish bo‘layotgani sababli, dtm.uz, abitur.dtm.uz saytlari ochilmayapti yoki omadi kelganlarga o‘ta qiyinchilik bilan ochilyapti”, — deb yozgan bloger, soat 15:17 da qoldirgan xabarida.

    Лента pic.twitter.com/0ahHhBUtGj

    — ™ (@murodov_) September 25, 2020

    ДТМ ўтириб қолди.

    — Og'abek Samisov (@O_Samisov) September 25, 2020

    Абитуриентлар дтм.уз сайтига нагрузка тушириб қотириб ташлашибдику хар йилгидек)))

    — Азизбек Тожиев (@A_Tojiev) September 25, 2020

    дтм.уз ишламай ётибди, жиян тел қилиб тоға ўқишга кирибманми деди, жиян ўқисаларинг бўлмайдими, бир йил нима қилдиларинг ўқимай? натижангни кўрдим талабаликга тавсия этилмадинг деган ёзув чиқаяпти десам йиғлаб юборди. Хазиллашдим, хали сайт ишламаяпти дедим) pic.twitter.com/xGJ8nBvEIb

    — Призрачный Гонщик (@Gonshik42) September 25, 2020

    Ayni vaqtda, imtihon natijalarini bilishning muqobil yo‘llari ham borligi aytilmoqda. Xususan, bloger Shahnoza Soatova abituriyent ruxsatnomasidagi QR-kodni Telegram’dagi @qrcrbot botga yuklab, bunga javoban bot yuborgan havola (link) orqali javoblarni bilish mumkinligini yozmoqda.

    Bugungi mandat e’lon qilinish jarayonini kuzata turib, shunga amin bo‘ldimki, O‘zbekistonda biror muvaffaqiyatli loyiha qilish uchun hammasini pul hal qilmaydi. Avvallari Davlat test markazi rosa nolir edi, bizda pul yo‘q, byudjetdan kam ajratiladi, imkoniyat cheklangan, qo‘limiz kalta va hokazo.

    O‘tgan yili abituriyentlardan pul olish boshlandi va 70 mlrd so‘mdan ko‘proq pul kelib tushdi. Joriy yilda esa bu 100 mlrd so‘mdan oshgani ma’lum qilindi. Mandat e’lon qilinganiga to‘rt soatdan oshdi, ammo haligacha DTM sayti yaxshi ishlamayapti. Serverda yoki boshqa muammolar chiqmoqda. Chunki yuklamani ko‘tara olmayapti.

    Demak, agar barcha muammo pulda bo‘lganda, bunaqa bo‘lmasligi kerak edi. Abituriyentlardan olinayotgan milliardlab mablag‘ evaziga chidamli server va tizim yaratsa bo‘lardi. Muammo balki kadrlardadir, balki umuman O‘zbekistondagi IT-infratuzilmasidadir, muammo balki mas’uliyatni his qila olmayotganlardadir.

    Bunisini aniq bilmadim, lekin muammo pulda emasligi aniq. Uyalinglar...

    Xushnudbek Xudoyberdiyev, bloger

    Bundan avval, 22-avgust kuni abituriyent ruxsatnomasini ham onlayn tarzda yuklab olish tizimi ishga tushirilgan edi. Jarayon boshlanganda DTM sayti ishlamay qolgan edi. DTM bu holatga izoh berar ekan, sayt ishlamasligi unga tashrif buyuruvchilar soniga emas, balki internet tarmog‘i bilan bog‘liq muammo ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, test javoblarini SMS-xabarnoma xizmati orqali ham bilish mumkin.

    DTM saytining yuklama ko‘payib ketishi oqibatida ishlamay qolishi holati birinchi marta kuzatilmayapti. 22-avgust kuni abituriyent ruxsatnomasini onlayn tarzda yuklab olish tizimi ishga tushirilganida ham sayt ishlamay qolgan, DTM bu holatga izoh berarkan, sayt ishlamasligi unga tashrif buyuruvchilar soniga emas, balki internet tarmog‘i bilan bog‘liq muammo ekanini ta’kidlagan edi.

    “Mazkur holat abitur.dtm.uz saytiga kirayotgan abituriyentlar sonining ko‘pligiga bog‘liq emas. Internet tarmog‘i uzluksiz ishlagan taqdirda, qancha abituriyent murojaat qilishidan qat’i nazar, abitur.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarini yuklab olish imkoniyati mavjud”, — deb bayonot berib, DTM o‘z sayti serverlar har qanday yuklamaga bardosh bera olishini bildirgan edi.

    Biroq keyinroq ushbu xabar o‘chirib tashlangan, uning o‘rniga DTM UZINFOCOM, UZTELECOM bilan birgalikdagi tekshiruvlar o‘tkazib, aslida internet tarmog‘ida muammo bo‘lmaganligini, haqiqatan ham saytda texnik nosozlik kuzatilganini tan olgan edi.

    25.09.2020, 18:53   Izoh (0)   61467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston uchun yaxshi imkoniyat” — Forbes Xitoy paxtasiga qarshi sanksiyalar haqida

    25.09.2020, 18:34

    “O‘zgidromet” 26-sentabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    25.09.2020, 18:10

    O‘zbekiston OTMlariga o‘rtacha kirish ballari e’lon qilindi

    25.09.2020, 17:53

    Chaqaloqlar va homiladorlarni grippga qarshi emlash mumkinmi? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi

    25.09.2020, 17:34

    Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O‘zbekistonda ham vaqtincha ishlamay qoldi

    25.09.2020, 16:53

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchi o‘qituvchisini bayram bilan tabrikladi

    25.09.2020, 16:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.