O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da DTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda markaz axborot xizmati.

Foto: “Daryo”

Abituriyentlar talaba bo‘lgani haqida quyidagi 3 usul orqali bilib olishi mumkin:

Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar birinchi usulda abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilish mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

24-sentabr kuni Davlat test markazi barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetganini ma’lum qilgandi.