Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ma’lum qilinishicha, butun dunyoda tarqalgan pandemiya sharoitida Rossiya va Qozog‘istonda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 15 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Kelishuvga muvofiq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali vatanga olib kelindi.

Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan fuqarolar, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotganlar toifasiga kiradi.

Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, yana 15 nafar ana shunday fuqarolarni charter reys orqali Rossiya poytaxti Moskva shahridan olib kelish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)