Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” hujumchisi Luis Suares faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda madridliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Marca

Foto: Marca

Urugvaylik futbolchi “Atletiko” tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tgach, Madrid klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Kelishuvga ko‘ra, madridliklar ayrim ko‘rsatkichlar qayd etilgan taqdirda Suares uchun 6 million yevroga qadar bonus pullarini to‘lashi mumkin. Ayrim xabarlarga ko‘ra, “Atletiko” Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqqan mavsumi uchun 2 million yevro to‘lab beradi.

Suares 2014-yildan buyon “Barselona”da to‘p surib kelardi. U katalon klubida umumiy miqdorda 283 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta golga mualliflik qildi. 2019/20-yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida 36 o‘yin o‘tkazib, 21 gol urdi va 10 ta golli amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ni 2020-yilgi yozgi transferlar vaqtida Ivan Rakitich, Arturo Vidal va Nelson Semedu tark etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi