Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni Angliyaning “Vulverhempton” klubiga sotib yubordi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Vulverhempton” rasmiy sayti

Foto: “Vulverhempton” rasmiy sayti

26 yoshli Semedu “Vulverhempton” klubi bilan 2023-yil yoziga qadar mo‘ljallangan bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni 2025-yil yoziga qadar uzaytirish imkoniyatini ham shartnomada qayd etib o‘tgan.

“Barselona” Nelson uchun 30 million yevroga ega bo‘ladi. Bundan tashqari turli natijalarga qarab kataloniyaliklar yana 10 million yevro bonusga ega bo‘lishi mumkin. Nelson Semedu “Barselona” safida uch mavsum harakat qilib, 122 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Shu tariqa “bo‘rilar” safidagi portugaliyalik futbolchilar safi yana bittaga ko‘paydi. “Vulverhempton” safidagi portugaliyalik futbolchilar: Roderik Miranda, Daniel Podense, Ruben Nevesh, Ruben Vinagre, Rui Patrisiu, Pedro Netu, Joau Moutinyu, Fabio Silva, Vitor Ferreyra va Nelson Semedu.

Foto: Instagram / @FootballArena

Foto: Instagram / @FootballArena

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” chililik yarim himoyachi Arturo Vidalni “Inter”ga sotib yuborgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...