Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Inter” klubi o‘z rasmiy saytida 33 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi. Hozircha shartnoma tafsilotlari va transfer narxi borasidagi ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Qayd etish joiz, avvalroq milanliklar Vidal uchun “Barselona”ga 1 million yevro to‘lashi va futbolchining “Inter”da yiliga 6 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Vidal “Barselona” sharafini 2018-yildan beri himoya qilib kelayotgandi. Unga qadar esa futbolchi “Bavariya”, “Yuventus” va “Bayer Leverkuzen” jamoalari safida harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi