Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti dunyoda koronavirus tarqalishida Xitoyni bir necha bor aybdor qilgan. Endi u bu fikrni BMT Bosh assambleyasida aytdi. Donald Tramp 22-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqqanda koronavirus pandemiyasi yuzaga kelgani uchun Xitoyni javobgarlikka tortishga yana bir bor chaqirgan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Oq uy rahbari Xitoyni virus tarqalishining dastlabki bosqichida o‘z hududidan xalqaro aviaparvozlarni taqiqlamagani va bu bilan “dunyoni kasallashga” yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Xitoydan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham Trampning tanqidiga uchradi.

“Biz vaksinani taqsimlaymiz, virusga barham beramiz, pandemiyaga nuqta qo‘yib, misli ko‘rilmagan farovonlik, hamkorlik va tinchlikning yangi davrini boshlaymiz”,  — degan Tramp.

Xitoyda ushbu ayblovlarga munosabat bildirilib, ular asossiz deb atalgan.

Shu bilan birga, Tramp BMTni “haqiqiy dunyo muammolarini” hal qilishga e’tibor qaratishga chaqirdi. “BMT samarali tashkilot bo‘lishi uchun u dunyodagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratishi lozim. Bular qatoriga terrorchilik, ayollarga zulm qilish, majburiy mehnat, giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, shu jumladan, jinsiy ekspluatatsiya, diniy ta’qib, shuningdek, diniy ozchilikka nisbatan etnik tozalash kiradi”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus 2019-yilda Xitoyda qayt etilgandi. Keyinchalik u boshqa davlatlarga tarqalgan. JSST 11-mart kuni uni pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 31 million kishidan oshgan. Kasalliklar soni bo‘yicha ro‘yxatda hali hamon AQSh yetakchilik qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov