Shavkat Mirziyoyev marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidlagan.
“O‘ktam Barnoyevning oila a’zolari davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyishtalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Eslatib o‘tamiz, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni vafot etgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Barnoyev Germaniyada vafot etgan — u xorijiy mamlakatga davolanish uchun olib ketilgan bo‘lgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Barnoyevning o‘limini Toshkent shahridagi koronavirus qurbonlari ro‘yxatiga qo‘shdi. Bosh vazir o‘rinbosarining koronavirusga chalingani iyul oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi.