PSJ sobiq hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Marca nashrining xabar qilishicha, 33 yoshli futbolchi xizmatlari “Real”ga taklif qilingan. O‘yinchini tekinga qo‘lga kiritish imkoniyati madridliklarni bu taklifni o‘rganib chiqishga majbur qilgan.

Shu bilan birga, Kavani yiliga 7 million yevro miqdorida maosh so‘ramoqda.

Avvalroq urugvaylik futbolchi “Yuventus”, “Roma”, “Gremio”, “Benfika” va “Atletiko” bilan muzokaralar o‘tkazgan, biroq ularning hammasi Kavanining yuqori maoshi sabab bekor bo‘lgandi.

Kavani 2013—2020-yillar mobaynida PSJda to‘p surdi. 2019/20-yilgi mavsumda hujumchi Fransiya chempionatining 14 o‘yinida qatnashib, to‘rt gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!