• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bastiliyada saqlangan temir niqobli sirli mahbus. U tarixiy shaxsmi yoki afsona?

    Ko‘pchilik televizorda bir necha bor namoyish etilgan “Temir niqobli odam” Amerika filmini ko‘rgan bo‘lsa kerak. Filmdagi bosh rollarni mashhur aktyorlar Leonardo di Kaprio, Jeremi Ayrons, Jon Malkovich, Jerar Depardye va Gabriel Birnlar ijro etgan. Filmda qirol Lyudovik XIV ning egizagi taxtni egallab, qirolga esa temir niqob taqib zindonga tashlashadi. Xo‘sh, haqiqatda qirol temir niqobda zindonga tashlanganmi? Temir niqobli asir haqiqatda bo‘lganmi? Uning ismi nima? “Daryo” bugungi maqolada shu haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Temir niqobli odam haqiqati haqida

    Temir niqobli odam Fransiya tarixidagi eng sirli mahbuslardan biridir. U haqidagi romanlar va filmlar uning mavjudligi va shaxsiyati haqida turli xil mish-mishlarni yaratgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. XVII asrning 80-yillarida Fransiyada g‘alati mahbus haqida gap-so‘zlar tarqala boshladi. U shaxsan Lyudovik XIV ning buyrug‘iga ko‘ra hibsga olingan va qamalgan edi. Uning shaxsining noma’lumligidan tashqari, temir niqob taqib yurishga majbur edi.

    1687-yilda bir gazetada mahbusning O‘rta Yer dengizidagi Avliyo Margarita orolchasidagi qamoqxonaga temir qafasda, yuziga po‘latdan niqob taqilgan holda olib kelingani yozilgan. Uni kuzatib kelish esa sobiq mushketyorlardan Bening de Sen Mars ismli ofitserga topshirilgan. Ularning ikkalasi, mahbus va De Sen Mars Alp tog‘larida joylashgan Pignerol va Ekzil qal’alarida ham birga bo‘lishgani manbalarda qayd etilgan.

    1698-yil 18-sentabr kuni mahbus Fransiyaning mashhur Bastiliya qal’a-qamoqxonasiga o‘tkazildi. Chunki Sen Mars bu safar Bastiliya gubernatori etib tayinlangan edi. Mahbusni bu safar ham xuddi o‘sha holatda olib kelishgan edi. Bastiliya mulozimlaridan biri o‘z xotiralarida shunday hikoya qilgan: “u doim niqobda edi va ismi hech qachon aytilmas edi”. Uning ismini aytish taqiqlangan edi va o‘zi bu ishni qiladigan bo‘lsa, darhol otib tashlanishi kerak edi.

    1703-yil 19-noyabr kuni sirli mahbus vafot etdi va uni Avliyo Pyotr qabristonida dafn qilishdi. Uning ismi ham, yoshi ham soxtalashtirildi. Kiyimlari va shaxsiy buyumlari yoqib yuborildi, u yashagan qamoqxona xonasi esa ohak bilan oqlanib tashlandi. Shunday qilib, uning kimligi noma’lumligicha qolgan bo‘lsa-da, uning o‘sha davrda yashagani aniq.

    Uning shaxsiga doir fitna nazariyalari

    Temir niqobli kishi Lyudovik XIV ning hukmronligi yillari (1643–1715) da yashadi. Lyudovik XIV ning tarafdorlari uni “Quyosh qirol” deyishardi va uning davrida Fransiya qudratli davlatga aylanganini iddao qilishadi. Unga qarshilar esa uning bir mustabiddan farqi yo‘qligini, mutlaq monarxiya Fransiyani politsiya davlatiga aylantirganini aytishadi. Qirol vafot etgach, sirli mahbus haqidagi gap-so‘zlar poroxli bochkaga olov yoqqandek bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Go‘yo uning qamalishi qirolning shaxsiy buyrug‘i sifatida mish-mishlar urchib ketdi. Boshidanoq, u haqidagi gaplar oddiy qo‘rqinchli ertaklardan ko‘ra ahamiyatliroq edi: ular Lyudovik XIV ga qarshi propaganda uchun xizmat qildi. Masalan, 1688–1697-yillarda bo‘lgan urushda o‘z mustaqilligini fransuz ekspansiyasidan himoya qilishni istagan gollandlar ushbu hikoyalardan Lyudovikka qarshi foydalandi. Golland josuslari qamoqdagi temir niqobli kishini ona qirolichaning jazmani va qirolning haqiqiy otasi ekani haqidagi mish-mishni tarqatdi. Shu tariqa ular Lyudovikning taxtga noqonuniy o‘tirganiga diqqatni qaratmoqchi bo‘ldi.

    Bunday mish-mishlardan qirol oilasi vakillari ham uzoq qolmadi. Ba’zi bir konspirologlar niqobdagi kishini Lyudovikning jazmani Luizadan bo‘lgan o‘g‘li Lui Burbon ekanini aytdi. Lui Burbon o‘zining gomoseksualligi oshkor bo‘lgach, otasi tomonidan saroydan badarg‘a qilinadi. U otasi mehrini qayta qozonish maqsadida, Flandriyadagi yurishda qatnashdi va jarohatlanib o‘sha yerda vafot etdi. Konspirologlar fikricha, u tirik qolgan va otasi tomonidan temir niqobda qamoqqa tashlangan deyiladi.

    Keyinchalik ham uning kimligi borasidagi taxminlar va shaxslar ro‘yxati o‘sishdan to‘xtamadi. Bir qator mashhur shaxslarning, qirolning egizak ukasi va hatto qirolning o‘zi ekani haqidagi mish-mish va qarashlar ko‘payib ketdi.

    Masalan, shunday versiyalardan birida niqobdagi kishi Lyudovik XIV davridagi eng kuchli shaxsiyatlardan biri bo‘lgan Kardinal Mazarini ekani aytiladi. Bu nazariyani 1963-yilda fransuz tarixchisi Sharl Benekrut ilgari surdi. Uning aytishi bo‘yicha, 1614-yilda Polineziyadan 12 yoshli Mazariniga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan albinos bola olib kelinadi. Uning Mazariniga o‘xshash ekanini 1655-yilda gersog De Gol payqab qoladi. Keyin esa u Mazarinini o‘sha bola bilan almashtirib qo‘yadi va u Mazarinining o‘rnini egallaydi. Mazariniga esa temir niqob kiydirilib qamoqqa tashlanadi.

    1847-yilda Baron Gleyxen o‘zining “Xotiralar”ida temir niqobli kishini qirol Lyudovik XIV ning o‘zi deydi va bu voqea biz yuqorida esga olgan “Temir niqobli kishi” filmi uchun ssenariy vazifasini o‘tab berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1717-yilda Bastiliya qamoqxonasida o‘tirgan buyuk fransuz mutafakkiri Volter o‘z esdaliklarida qamoqxonadagi yoshi katta mahbuslardan temir niqobdagi mahbus haqida eshitganlarini qayd qilib o‘tdi. U uni shunday ta’riflaydi: “yosh, kelishgan qaddi-qomatga ega, basavlat, kimligi noma’lum mahbus”. Ushbu tariflardan shuni bilish mumkinki, u muhim shaxsiyatlardan biri bo‘lgan.

    U nozik didli bo‘lgan va gitara chalgan, unga mahsulotlarning eng sarasini berishgan. Qamoqxona boshlig‘idan boshqa hech kim u bilan ko‘rishish huquqiga ega bo‘lmagan. Volterning fikricha, u qirolning ukasi yoki akasi bo‘lishi mumkin. XX asrdagi ko‘plab filmlarga asos bo‘lib xizmat qilgan versiyaga ko‘ra, u qirolning taxtga da’vogar akasi bo‘lishi mumkin.

    Temir niqobli kishi haqidagi badiiy asarlar va filmlar

    XVIII asrning birinchi yarmidan boshlab to XX asrning oxirigacha temir niqobli kishi ko‘plab kitoblar, badiiy asarlar, maqolalar, filmlar uchun mavzu bo‘lib keldi. U haqida uchta xalqaro konferensiya o‘tkazildi, yigirmadan ortiq roman yozildi, yettita teatr pyesasi  sahnalashtirildi va o‘n oltita tarixiy filmlar ishlandi.  Quyida u haqidagi eng mashhur romanlar va filmlar ro‘yxatini keltiramiz.

    Romanlar:

    • Baron de Mui Sharl de Fyo “Temir niqob yoxud ota va o‘g‘ilning ajoyib sarguzashtlari”, 1746 ;
    • Aleksandr Dyuma “Vikont de Brajelon yoki o‘n yildan so‘ng”, 1848–1850 ;
    • Artur Berned  “Temir niqobli odam”, 1930;
    • Marsel Pagnol: “Temir niqob siri” 1973 ;
    • Shuningdek, Viktor Gyugoning “Egizaklar” dramasi ham mazkur voqeani hikoya qiladi.
    Filmlar:
    • “Temir niqob” (The iron mask), 1929, AQSH ovozsiz film, rejisser Allan Dvon;
    • “Temir niqobli odam” ( The man in the iron mask), 1939, AQSh, rejissyor Jeyms Ueyl;
    • “Temir niqobli odam” ( The man in the iron mask), 1998, AQSh, rejisser Randal Vallas;
    • Shuningdek, 1999-yilda chiqqan “Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi” filmida ham bir sahnada Sezar temir niqobda qamoqqa tashlanadi. Bu ham voqeaga o‘ziga xos yondashish bo‘lib, Fransiya tarixidagi ushbu voqeaning muhimligini ko‘rsatishga harakat qilingan.
    • Temir niqobli odam voqeasi fransuz mutafakkirlari nazdida, “Quyosh qirol”ning eng jirkanch sifatlarini o‘zida mujassam etdi va o‘sha davrdagi Fransiyadagi zulmning eng yorqin timsoli edi.
    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    19.09.2020, 09:57   Izoh (0)   48652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp prezident etib saylanganidan so‘ng do‘stlarini yo‘qotganligini aytdi

    19.09.2020, 08:35

    Estoniyada koronavirus sabab tunda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi

    19.09.2020, 07:24

    Rossiya sentabr oyining oxirigacha yana 4 ta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q

    19.09.2020, 06:25

    AQShda 20-sentabrdan boshlab TikTok va WeChat dasturlarini yuklab olish taqiqlanadi

    18.09.2020, 22:39

    Qozog‘iston shimolida yuqori patogenli parranda grippi tarqaldi

    18.09.2020, 20:59

    “Rospotrebnadzor”: Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin

    18.09.2020, 15:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Eyfel minorasi ustidagi dronlar va mushakbozlik shousi kadrlari internetni zabt etdi (video)

    Layfstayl | 16 iyul, 09:44

    “Real Madrid” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qildi

    Sport | 16 iyul, 09:29

    Qashqadaryoda ikki ayol daryoda cho‘kib halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 09:25

    Isroil druzlarni “himoya qilish” uchun Suriya armiyasiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 16 iyul, 09:16

    Putin o‘z shartlari bajarilmaguncha urushni davom ettiradi — Kreml manbalari

    Dunyo | 16 iyul, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.