Jahonda neftga bo‘lgan talab, aftidan, o‘zining eng yuqori nuqtasiga ko‘tarilgan va yaqin 30 yil ichidagi misli ko‘rilmagan pasayishga duch keladi. Bu haqda British Petroleum’ning (BP) yillik hisobotiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Getty Images

BP 2050-yilga qadar global energetika rivojlanishining uchta ssenariysini ko‘rib chiqmoqda:

  • “Tezkor” (Rapid) — hukumat ishlab chiqaruvchilar uchun issiqxona gazlarini chiqarishni qimmatroq qiladi;
  • “Nol” (Net Zero) — nafaqat iqlim siyosati, balki iste’molchilar xatti-harakatlari ham o‘zgaradi;
  • “Oddiy” (Business-as-usual) — global siyosat va iste’molchilar xatti-harakatida sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.

“Oddiy” ssenariy bo‘yicha neft iste’moli 2050-yilga borib 10 foizga tushib ketadi, “Tezkor”da — 55 foizga, “Nol”da esa 80 foizga.

Neft o‘rnini shamol elektrostansiyalari, gidroelektrostansiyalar, quyosh batareyalari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan toza energiyalar egallaydi.

BP rahbari Bernard Lunining ta’kidlashicha, yangi hisobot kompaniyaga hukumatning o‘zgaruvchan panoramasini yaxshiroq anglashga yordam beradi, shuningdek, uning 2050-yilga energiya iste’moli nolga teng internet-firmani yaratish rejalarida muhim rol o‘ynaydi.

“Tezkor” va “Nol” ssenariylarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan talab 30 yil ichida o‘n barobarga oshadi. Ularning energiya balansidagi ulushi birinchi holatda 5 foizdan 40 foizga, ikkinchi holatda esa 60 foizga o‘sadi.

Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qancha ko‘p davlatlar rioya qilsa, 2050-yilga borib neftga bo‘lgan talab 80 foizga tushib ketadi.

Bundan tashqari, neftga bo‘lgan talab elektromobillarning ommalashayotgani sabab ham tushib ketadi. Uchta ssenariyning barchasida transport sektorida neftdan foydalanishning eng yuqori nuqtasi 2020-yil o‘rtalari yoki oxiriga to‘g‘ri kelmoqda.

Yaqin yillar ichida neftga bo‘lgan talabning tushib ketishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir omil bu — ishlab chiqarilishi uchun neft mahsulotlari zarur bo‘ladigan plastik mahsulotlari ishlab chiqarishga qo‘yiladigan yangi taqiqlar.

Hisobot mualliflarining ma’lum qilishicha, bundan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi OPEK a’zolari katta zarar ko‘radi.

Bu O‘zbekistonga uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi?

OPEK+ bitimida bo‘lgani kabi ta’sir bilvosita bo‘lishi mumkin — asosiy savdo sheriklari orqali. Neft narxining qimmatligi bir necha kanallar orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning asosiy qismi hozirda eksportchilar.

Xitoy hozirda koronavirus sabab qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazmoqda va boshqa davlatlarga yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor emas, Rossiya uch yildan buyon birinchi bor O‘zbekistonning asosiy importchisiga aylandi.

Neft narxining qimmatlashuvi so‘m ayriboshlash kursini kuchsizlantirishi mumkin, bu esa Rossiya bozorida mahalliy eksportchilar mahsulotining yanada arzonlashishiga olib keladi va ularning tushumini oshiradi.