Huawei’da o‘z manbalariga ega xitoylik insayder kompaniya tomonidan yaratilgan yangi smartfonning “jonli” suratlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Nova 8 nomini olgan smartfonga OLED-ekran o‘rnatilgan. Uning diagonali va piksellar soni haqida ma’lumot yo‘q, biroq kadrlar chastotasi ma’lum — 120 gerts. Shuningdek, ikkitalik forontal kamera o‘rni va displey yonlari egilganini ko‘rish mumkin. Shu sababli nova 8 modeli kamida Huawei P40 Pro’ga o‘xshash bo‘ladi.

Insayderning ma’lum qilishicha, Huawei hozirda nova 7’ni ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan, bu esa nova 8 modeli yaqin orada taqdim etilishidan darak beradi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur seriya tarkibidan nova 8 SE, nova 8 va nova 8 Pro o‘rin olishi mumkin. Manba ushbu smartfonlarga qanday protsessorlar o‘rnatilishiga ham aniqlik kiritmagan. Aftidan qurilmalar SoC MediaTek seriyasidagi Dimensity 800 yoki Dimensity 1000’ga ega bo‘ladi.

Avvalroq Huawei smartfon-kalit, akkumulyator va USB-portga ega “aqlli” chamadon taqdim etgani, tez orada noodatiy ikkinchi ekranga ega smartfon ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabar berilgandi.