Twitter’dagi taniqli insayder Onleaks birdaniga ikkita smartfon — Mate 40 va Mate 40 Pro suratlarini e’lon qildi. U qurimalarning suratlarining ularning chizmasi asosida yaratgan.

Foto: Twitter / Onleaks

Mate 40 — bu bazaviy flagman. Unga 6,4 dyuymli displey va uchta kamera hamda yana bir qo‘shimcha sensor o‘rnatilgan bo‘lib, bu haqda hozircha batafsil ma’lumotlar mavjud emas. Smartfon korpusi shish va metalldan ishlagan, displey esa biroz yon tomonga egilgan.

Asosiy kamera massiv modul shaklida ishlangan bo‘lib, u korpusdan biroz chiqib turadi. Frontal kamerasi ikkitalik — u ekran burchagidagi kichik teshikka berkingan.

Foto: Twitter / Onleaks

Mate 40 Pro flagmanining dizayni ham shu kabi ko‘rinishga ega. Unga 6,7 dyuymli ekran va to‘rtta kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, kompaniya ovozni boshqaruvchi sensor klavishlaridan voz kechib, oddiy tugmalarni o‘rnatgan. Qurilma displeyi Mate 40’nikiga qaraganda ko‘proq yon tomonga egilgan.

Foto: Twitter / Onleaks

Huawei Mate 40 lineykasidagi flagmanlarning texnik tavsifi va narxlari haqida hozircha hech narsa ma’lum emas. Ular yangi Kirin 1020 protsessorida ishlaydi va Google servislari o‘rnatilmagan holda chiqariladi.

Foto: Twitter / Onleaks