Moskvada 9-sentabr, chorshanba kuni Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlangan GFC musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yakkakurashchi Doston Bozorov (0-1) rossiyalik tajribali jangchi Gela Beridzega (2-1) qarshi jang olib olib bordi. Unda Bozorov birinchi raunddayoq raqibiga imkoniyatni boy berdi. Beridze Bozorovning oyog‘iga og‘ritish usulini qo‘llab, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bu 22 yoshli o‘zbek uchun professional MMA’dagi debyut jang edi.
Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.
Ma’lumot uchun, Bozorov professional bokschi Shohjahon Ergashevga tegishli “Shohjahon GYM” jamoasi a’zosi hisoblanadi.