Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov marhum otasining maslahatlaridan birini yodga oldi.

Rossiyalik yakkakurashchi Instagram sahifasida otasidan iqtibos keltirib, unga Konor Makgregor va Dastin Poryega qarshi kechgan jangidan olingan suratlarni ilova qilgan.

Foto: Instagram

“Otam aytganidek, unga o‘z o‘yiningni o‘tkaz, oxirigacha bor va o‘shanda qolganlar qanday taslim bo‘layotganini ko‘rasan”, — deya yozadi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 3-iyulida Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgdi.

Habib 2018-yilning oktbarida irlandiyalik yakkakurashchini to‘rtinchi raundda og‘ritish usulini qo‘llab taslim etgandi.

Habib 24-oktabr kuni UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Habib Nurmagomedov ishtirokidagi barcha janglar videosi bu yerda (video)