• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimdagi yirik moliyaviy qonunbuzarliklar haqida ma’lum qildi

    Maktabgacha ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2019-yil va 2020-yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy chora ko‘rish uchun 904 ta tekshirish hujjatlari yuborilgan, deya xabar bermoqda “Xabar.uz” vazirlikka tayanib.

    Ma’lum qilinishicha, maktabgacha ta’lim tizimi uzoq yillar davomida yetarli nazorat qilinmaganligi oqibatida tizimda qonunbuzarlik va suiiste’molliklar avj olgan. Bu kabi noxush vaziyatlarga qarshi kurashish maqsadida 2017-yilning 30-sentabrida to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirga bo‘ysunuvchi Ichki audit xizmati tashkil etilgan.

    2020-yilning boshida vazirlik 2018–2019-yillarda aniqlangan qonunbuzarliklarni tahlil qilib, hukumatga qator takliflarni kiritdi. Vazirlik tashabbusi bilan Hisob palatasi hamkorligida boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari jalb qilingan holda budjet mablag‘larining samarali ishlatilishi yuzasidan chuqur tahliliy o‘rganishlar o‘tkazildi. Hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 48,3 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

    “MTV tashkil etilgan ilk kunidanoq tizimdagi korrupsiya va suiiste’molliklar bilan kurashib kelmoqda. Ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklar to‘g‘risida axborot muntazam ravishda e’lon qilinib kelinmoqda. O‘tgan yili MTV 680 ta tashkilot bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etgan bo‘lsa, 2020-yilda bu son 224 tani tashkil etgan. Ushbu hujjatlar asosida prokuratura tomonidan bir qator jinoiy va ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi, vazirlik esa moliyaviy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mudira va hisobchilarni ishdan bo‘shatdi. Shu tariqa, aybdor deb topilgan shaxslardan budjet hisobiga 2019-yilda 9,5 milliard so‘m, 2020-yilning birinchi yarmida esa 4,1 milliard so‘m undirib olindi”, — deb, ma’lumot berdi MTVning Ichki audit xizmati boshlig‘i Dilshod Normatov.

    2019-yilda vazirlikning Ichki audit xizmati 31,5 milliard so‘m moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqladi, shundan:

    • kamomad va noqonuniy xarajatlar— 19,3 milliard so‘m;
    • davlat xaridlari yo‘nalishidagi qonunbuzarliklar — 7,1 milliard so‘m;
    • boshqa turdagi moliyaviy kamchiliklar— 5,2 milliard so‘m.
    “Kamomad va korrupsiya holatlarini aniqlanganda MTV mas’ul javobgar shaxslarni ishdan bo‘shatib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi. Ammo ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabarlar tarqatib, jamoat fikrini manipulyatsiya qilishgacha bormoqdalar.

    Ba’zi blogerlar va huquq himoyachilari ularga ishonib, mudiralarning noqonuniy ishdan bo‘shatilganliklari haqidagi ma’lumotlarni yozmoqdalar. Masalan, yaqinda Andijon viloyatidagi mudiralarning noqonuniy ishdan bo‘shatilishi haqidagi xabarlar tarqatilgandi. Ushbu xabarlarda mudiralar “qiyin ahvolda yurganliklari”, “o‘ta og‘ir ruhiy siqilishlarga duch kelganlari” qayd etilgan. Ularning talqinida noqonuniy tarzda ishdan bo‘shatilganlar orasida Qo‘rg‘ontepa tumanining 2-MTT mudirasi (noqonuniy xarajat miqdori 39,9 million so‘m), Andijon shahridagi 25-MTT mudirasi (noqonuniy xarajat miqdori 32,7 million so‘m) bor.

    Prokuratura ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan, ammo mudiralarning o‘z aybini tan olganligi va yetkazilgan zararni bartaraf etganligi sababli jinoyat ishi tugatilgan. Bu kabi sobiq mudiralar astoydil MTTlarga qaytishga harakat qilmoqdalar, ammo MTV tashabbusi bilan qonunbuzarlarning maktabgacha ta’lim tizimiga rahbar lavozimiga qayta olinmasligi qonun bilan chegaralangan”, – deya ta’kidladi Ichki audit xizmati boshlig‘i Dilshod Normatov.

    2019-yil va 2020-yilning birinchi yarmida aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar:

    • 900 million so‘m — Kattaqo‘rg‘on shahrining 10-sonli maxsus MTTdagi noqonuniy xarajatlar (Samarqand viloyati);
    • 301 million so‘m — Olmazor tumanining 509–sonli MTTdagi moliyaviy qonunbuzarliklar (Toshkent shahri);
    • 202 million so‘m — Peshku tumanining 22-sonli MTTdagi kamomad va oylik ish haqi to‘lov qaydnomalarining qalbakilashtirilishi (Buxoro viloyati);
    • 150 million so‘m — Mirishkor tumanining 8-sonli MTTdagi oziq-ovqat va moddiy boyliklarning kamomadi, soxta xodimlar o‘rni va to‘lov qaydnomasidagi imzolarning qalbakilashtirilishi (Qashqadaryo viloyati);
    • 101 million so‘m— Guliston tumanining 11-sonli MTTdagi ish haqi to‘lovlarning ortiqcha sarflanishi (Sirdaryo viloyati).
    Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Hisob palatasi bilan birgalikda moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlash, profilaktikasini ta’minlash va oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi va ushbu hujjat 14 ta vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Shuningdek, Bosh prokuratura bilan ham maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda 6 mingga yaqin davlat MTTlarida 223 ming xodim faoliyat yuritadi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik o‘zlashtirish va talon-toroj holatlari aniqlandi
    • O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ishga tushganicha yo‘q, ota-onalarga esa farzandlarini ishga olib bormaslik tavsiya qilindi
    • O‘zbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy sarflangani aniqlandi

    03.09.2020, 09:45   Izoh (0)   38474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda bozor yaqinidagi avtomashinadan buyum va pullarni o‘g‘irlagan qizlar qo‘lga olindi

    03.09.2020, 07:52

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

    03.09.2020, 06:09

    Buxoroda balandligi 42 metr bo‘lgan bayroq o‘rnatildi

    03.09.2020, 03:36

    Dizayner Akfa va Artel kompaniyalari haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi

    03.09.2020, 02:44

    Qashqadaryoda yana bir shifokor vafot etdi

    03.09.2020, 02:14

    O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 30 pog‘onaga ko‘tarildi

    03.09.2020, 01:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.