• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zdonmahsulot” aholining un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda

    Xalqimiz nonni ayricha e’zozlaydi. Uning yerga tushgan ushog‘ini ham avaylab, ko‘zga suradi. Nonga mehr, uni asrab avaylash tuyg‘usi go‘dakligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. Bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas axir. Boisi yaqin-yiroq o‘tmishimizda yurtga kelgan qahatchilik, urush va boshqa ofatlar bir burda nonning qadri naqadar balandligini bildirib qo‘ygan. Hatto, istiqlolning ilk yillarida mamlakatimiz g‘alla zaxirasi sanoqli kunlarga yetadigan miqdorda qolgani ham sir emas.

    Bu sinovlarning barchasi ortda qoldi. Bugun dorilomon zamonda yashayapmiz. Yurtimiz to‘la-to‘kis g‘alla mustaqilligiga erishdi, xirmonlarimiz but, ko‘nglimiz to‘q. Joriy yilda butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining keng tarqalishi tabiiyki, oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un mahsulotlariga bo‘lgan talabni bir necha barobarga oshirib yubordi. Buning birinchi sababi, aholining karantin munosabati bilan bir necha oy mobaynida o‘z uyida qolishi va asosan faol iste’molchiga aylangani bo‘lsa, ikkinchi jihati, ertangi kun uchun zahira yaratishga bo‘lgan urinish bilan izohlanadi.

    “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi aholining un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Kompaniya tarkibidagi 43 ta don korxonasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 mln. 20 ming tonnani tashkil etadigan jami 52 ta zamonaviy tegirmon sexlari samarali faoliyat olib bormoqda.

    Shuni alohida qayd etish joizki, karantin sharoitidagi cheklovlarga qaramasdan korxonalar faoliyatida bir zum ham uzilish bo‘lgani yo‘q. Jumladan, joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida mazkur quvvatlardan to‘liq foydalangan holda 1117,5 ming tonna un mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 164,7 ming tonna ko‘pdir.

    Ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini mutasaddi vazirliklar tomonidan belgilangan hajmlarda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2020-yilning o‘tgan 8 oyi davomida 1124,2 ming tonna un sotuvga chiqarildi. Bu raqamni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtiradigan bo‘lsak, 174 ming tonnaga ko‘p demakdir.

    Yana bir muhim jihati shundaki, tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan un mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktyabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-son qaroriga asosan birja savdolari orqali sotilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi “Koronovirus pandemiyasi sharoitida respublika aholisiga davlat resurslari hisobiga un mahsulotlarini tizimli va kafolatli yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni talablaridan kelib chiqib, karantin sharoitida aholining un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish masalasida yangicha yondashuv yuzaga keldi. Kompaniya tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlari viloyat hokimliklarining dislokatsiyasiga asosan, manzilli ravishda har bir hududdagi chakana savdo va qolipli non ishlab chiqaruvchi korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida, bir qopi uchun ulgurji narxlarda 125 ming so‘mdan yetkazib berilmoqda. Bu esa turli tushunmovchiliklarning oldini olish barobarida qo‘shimcha ravishda vaqt va turli xarajatlarning qisqarishiga olib kelmoqda.

    O‘z navbatida soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar chakana savdo va qolipli non ishlab chiqarish korxonalari tomonidan xarid qilingan un mahsulotlarining belgilangan maqsadlarda foydalanilishi hamda aholiga yetkazib berilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirmoqda.

    Shuni alohida qayd etish joizki, joriy yil boshoqli don hosilidan davlat ehtiyojlari uchun ulkan xirmon jamg‘arilgan. Bugungi kunda kompaniya tarkibidagi barcha korxonalarda bir kecha-kunduzda

    6 ming tonna un ishlab chiqarilmoqda. Aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmni yana-da oshirish imkoniyatlari mavjud. Demak, aholiga un mahsulotlari yetkazib berish borasida hech qanday uzilishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Xirmon but, ko‘ngil to‘q. Asossiz xavotirlarga esa hech qanday o‘rin yo‘q. Zero, aholiga uzluksiz ravishda sifatli un mahsulotlari yetkazib berish bizning asosiy vazifamizdir.

    Reklama huquqi asosida.

    30.08.2020, 09:00   Izoh (0)   24795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qishloq qurilish bank” Sergeli filiali ish boshladi

    29.08.2020, 15:14

    NRG Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi: Beqiyos bunyodkorlik uchun ikki madaniyat uyg‘unligi

    29.08.2020, 12:00

    “O‘zmetkombinat” AJdan uy-ro‘zg‘or buyumlari sohasida bayramona yangilik!​​​​​​​

    29.08.2020, 09:00

    Bugun, 28-avgust Toshkentda poytaxt xaritasida yangi yorqin joy — Riviera SKM ishni boshladi

    28.08.2020, 18:00

    Germaniyaning rivojlanish moliya instituti DEG va Triodos IM “Ipak Yo‘li” AITB aksiyadorlariga aylanmoqda

    28.08.2020, 09:00

    E-AUKSION.UZ: Uy-joy qurish uchun yer uchastkasini yangi tartibda sotib oling

    27.08.2020, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.