Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda ilk bor Xorazm viloyatida ko‘chma tartibda olib yurishga mo‘ljallangan innovatsion svetofor joriy qilindi. Ushbu svetofor quyosh batareyasi yordamida ishlaydi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Mazkur ko‘chma svetofor oddiy svetoforlar ishlamay qolgan paytda aynan o‘sha chorrahaga olib boriladi va chorrahadagi piyoda hamda transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinadi.

“Ushbu innovatsion svetoforni joriy qilishimizdan maqsad — avariya holatlarida tezkorlik bilan harakatni tartibga solish, harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish. Endilikda viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida mazkur svetofordan keng foydalanishni maqsad qilganmiz”, — deydi Urganch shahar IIO FMB YHXB boshlig‘i Doniyor Sa’dullayev.

Shuningdek, innovatsion svetoforning yana bir qulay jihati — o‘quv yili boshlanganidan keyin uni markaziy yo‘l bo‘ylarida joylashgan maktablar qarshiga o‘rnatib, o‘quvchilarning yo‘ldan o‘tish xavfsizligini ta’minlash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda shahar yo‘llarida tirbandlik bilan kurashish uchun sinov tariqasida yangi yo‘l chizmasi joriy etilgandi. Tashqi ko‘rinishi sababli xalq tilida “vafli chizmasi”dagi chiziqlar yordamida harakat yo‘nalishida tirbandlik yuzaga chiqqan holatda chiqish mumkin bo‘lmagan hudud belgilab olinadi va haydovchi to‘xtashga majbur bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?