Nodir Haydarov Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati

Xabar berilishicha, Nodir Haydarov 2010-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. U Toshkent davlat stomatologiya institutining “Nevrologiya” kafedrasi mudiri, Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Nodir Haydarov 2019-yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan. U tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya institutiga 2016-yildan boshlab rektorlik qilgan Jasur Rizayev 2020-yilning fevral oyida Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlangandi.