“Barselona” klubining yangi yarim himoyachisi Miralem Pyanichning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi.
Katalon klubining xabar qilishicha, futbolchi o‘zini yomon his qilgan. Hozirda uning holati yaxshi va o‘z uyida izolyatsiyaga olingan.
Infeksiya yuqtirib olgani uchun bosniyalik futbolchi hali “Barselona” mashg‘ulotlariga qo‘shilmadi. Bu taxminan 15 kundan so‘ng ro‘y berishi kutilmoqda.
“Barselona” iyun oyida Pyanichni 60 million yevro evaziga “Yuventus”dan sotib olgandi. Qarama-qarshi yo‘nalishda katalonlar yarim himoyachisi Artur Turinga yo‘l olgandi.
Mavzuga doir:
- APLning 12 ta klubida 14 ta koronavirusga chalinish holati kuzatildi
- “Liverpul” klubida koronavirusga chalinish holati aniqlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)