• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Gvardiolada faqat bitta yechim bor. Bu — Messi

    “Manchester Siti” shayxlari uchun mana 12 yildirki Chempionlar Ligasidagi g‘alaba armon bo‘lib qolmoqda. Shu vaqt mobaynida futbolchilar va murabbiylarning transferlari uchun qariyb 1,5 milliard funtdan ko‘proq mablag‘ sarflandi (ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Siti” Angliya Premyer Ligasining mutlaq rekordchisi hisoblanadi), ammo klubning barcha sovrinlari (13 ta kubok) faqat ichki birinchiliklarda qo‘lga kiritilmoqda.

    “Shaharliklar” Chempionlar Ligasidagi debyutini 2011/2012-yilgi mavsumda o‘tkazgandi. Jamoa 2011-yilning 14-sentabrida bo‘lib o‘tgan o‘yinni (“Napoli”ga qarshi 1:1) quyidagi tarkibda boshlagandi: Jo Hart — Aleksander Kolarov, Vensan Kompani, Joleon Leskott, Pablo Sabaleta — Garet Barri, Yaya Ture — Samir Nasri, David Silva — Eden Jeko, Serxio Aguero.

    O‘sha tarkibdan faqat David Silva “Lion”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, ammo yaqinda u ham “Real Sosyedad”ga yo‘l oldi. Aguero esa jarohati tufayli so‘nggi uchrashuvlarni maydondan chetidan tomosha qilishga majbur bo‘ldi.

    Jamoaning Chempionlar Ligasidagi ishlari Manchini davrida ham, Pellegrini davrida ham yurishmadi. Garchi, chililik mutaxassis (Pellegrini) 2016-yilda jamoani yarim finalgacha olib chiqqan bo‘lsa-da, ko‘pchilikka ma’lum mazkur musobaqada bu bosqich unchalik ham ijobiy natija hisoblanmaydi. “Siti” o‘sha yili bo‘lajak chempion “Real”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Shundan so‘ng aynan Gvardiola Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishish uchun jamoaga chaqirilgandi. Ammo “Barselona”dan keyin ushbu musobaqa g‘olibligi Pep uchun ham armon bo‘lib qolmoqda. U na “Bavariya” va na “Siti” bilan jilla qursa finalga ham chiqa oldi.

    Angliyada to‘rt mavsum va Chempionlar Ligasidagi to‘rt muvaffaqiyatsizlik. Bu yo‘lda u va uning jamoasiga duch kelgan raqiblarni unchalik ham kuchli deb atab bo‘lmas edi.

    2017-yil. “Monako” 18 yoshli Mbappe bilan mehmonda urilgan gol evaziga “Siti”ni dog‘da qoldirdi — 3:5 va 3:1.

    2018-yil. “Siti”ning Chempionlar Ligasi pley-offidagi yagona va hech qanday oqlashlarsiz mag‘lubiyati. Yarim final uchun kurashda Kloppning “Liverpul”i “shaharliklar”ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. “Enfild”da 3:0, “Ittihod”da esa 2:1.

    2019-yil. Chorak finalda “Monako” bilan bo‘lgani kabi, “Tottenhem” mehmonda urilgan gollar sabab keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi — 1:0 va 3:4.

    2020-yil. Endi esa Fransiyaning yettinchi jamoasi — “Lion”.

    O‘yin oxirlarida Pepning holatini kuzatish juda achinarli edi. U faqat yig‘lamayotgandi, xolos. Hisob 1:2 vaqtida Sterling bo‘sh darvozani ikki metrdan nishonga ololmagan vaqtda esa uning o‘rnida bo‘lib qolishni hech kim istamagan bo‘lsa kerak.

    Ko‘rinishidan, Pepning o‘zi ham bu “la’nati” musobaqani yutish uchun yana nima qilish kerakligini tushunmayotganga va sabri ham tobora tugab borayotganga o‘xshaydi.

    Tahlilchilar esa uni yildan-yilga tanqidlar bilan ko‘mib tashlamoqda. Qiziq Gvardiola yana qancha: “u ‘Barselona’ va ‘tiki-taka’siz hech narsa qila olmaydi” degan gaplarga dosh bera olarkan.

    Bu “Bavariya” bilan 7 ta, “Siti” bilan esa 8 ta sovrin yutgan murabbiy haqidagi aytilayotgan gaplar edi.

    Ajoyib natija, shunday emasmi?

    Biroq Chempionlar Ligasida mana 10 yildirki g‘alabadan darak yo‘q.

    Ingliz nashrlarining yozishicha, bu yozda Gvardiola transferlar uchun yana 300 million funt taqdim etilarkan. Gvardiola jamoaga nima kerakligini aniq biladi. U “Real” bilan o‘yin oldidan shunday degandi: “Agar ‘Siti’ Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni istasa, birinchi navbatda himoyaviy o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak”.

    Natan Ake allaqachon sotib olindi, shuningdek, Kalidu Kulibali transferi ham amalga oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari, hozirda jamoa skautlari yana bir qanot himoyachisini izlash bilan ovora.

    Biroq bularning barchasi Pepga yordam berarmikan? Agar bu haqiqatan ham geshtalt psixologiyasi yoki qandaydir metafizik hodisalarga bog‘liq bo‘lsa, unda bu yerda faqat bitta yechim bor — Messi... Hozir (8:2 dan keyin) buning eng yaxshi vaqtidir. Keyinchalik bundan ortiq qulay vaziyat bo‘lmasligi ehtimoli ancha yuqori.

    Mavzuga doir: “Manchester Siti” Lionel Messini sotib olmoqchi. “Shaharliklar” uning uchun istalgan mablag‘ni to‘lashga tayyor

    Darvoqe, Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan shartnomasi kelasi yozda o‘z yakuniga yetadi. Shunday ekan, unda bitta imkoniyat qoldi, xolos.

    Bilol ERKIN tarjimasi

    Boshqa maqolalar:

    • “Navbahor”, Belenkov va 520 ming dollar mashmashasi haqida
    • Rekordchi “Liverpul”, qayta uyg‘ongan “Machester Yunayted” va omadsiz “Tottenhem”. Premyer Liga yakunlari haqida
    • “Latsio” inqirozi, o‘ziga rom etgan “Atalanta” va rekordlar. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumi nimasi bilan yodda qoldi?
    • Moliyaviy inqiroz, yoshlarga ishonch va Messisiz kelajak. Yangi “Barselona” qanday bo‘ladi?
    • Nomi ulug‘, suprasi quruq. O‘ynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida
    • Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ko‘proq gol urgan “darbadar” qirol — Chiro Immobile haqida
    • Futbolning buyuk masoni — Miroslav Kloze haqida
    • Ramosdan Zidangacha. “Real”ni Ispaniya chempioni qilgan 7 inson haqida

    20.08.2020, 18:01   Izoh (0)   27208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ronald Kuman: Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi

    20.08.2020, 17:01

    “Bavariya” bosh murabbiyi: Asosiy qurolimiz — raqibga bosim o‘tkazish

    20.08.2020, 16:30

    Angliya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi taqvimi e’lon qilindi

    20.08.2020, 16:00

    “Bavariya” Chempionlar Ligasida “Real”ning rekordini takrorladi

    20.08.2020, 15:01

    Levandovski Chempionlar Ligasida Messining natijasini yangiladi. Oldinda faqat Ronaldu bor

    20.08.2020, 14:32

    Jon Jons voz kechgan kamar uchun kimlar jang qilishi ma’lum bo‘ldi

    20.08.2020, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.