Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bahslari yakunlangach, UEFA haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi.
Mazkur sovrin uchun nomzodlar quyidagicha:
PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya “Leypsig”ga qarshi uchrashuvda (3:0) bitta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri “Lion”ga qarshi bellashuvda (3:0) dubl qayd etdi.
PSJ hujumchisi Neymar “Leypsig”ga qarshi o‘yinda (3:0) bitta golga assistentlik qildi.
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Lion”ga qarshi bahsda 1 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Tavsiya: Anxel di Mariyaning “Real” safida La Ligada urgan eng sara gollari va driblinglari
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)