• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulla Aripovning Buxoroga safari ortidan viloyat hokimi haqida ziddiyatli xabarlar tarqaldi. Hokim komada ekani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda 17-avgust, dushanba kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Buxoro viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda birinchilardan bo‘lib, soat 16:46 da Bukhara Info! kanali xabar tarqatdi. “Bosh vazir Buxoroga tashrif buyurdi. Ayni damda selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda”, — deyiladi Bukhara News kanalining soat 16:56 dagi xabarida. “Mish-mishlarga ko‘ra, yangi mansabdor shaxsning tayinlanishi kutilmoqda”, — deb yozdi soat 17:40 da bosh vazirning Buxoroga kelgani haqida xabar bergan “Podslushano v Buxare” kanali.

    Bosh vazir matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Abdulla Aripov 17-avgust kuni haqiqatan ham Buxoro viloyatida bo‘lib qaytgan. Buxoro viloyati hokimligidan “Daryo”ga bildirishlaricha, bosh vazirning tashrifi viloyat hokimining ahvoli bilan bog‘liq emas — hukumat rahbari bu yerda qishloq xo‘jaligi masalasida yig‘ilish o‘tkazib, qaytib kelgan.

    Bosh vazirning Buxoroga borgani haqidagi xabarlar ortidan, taxminan, soat 17:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov haqida ziddiyatli xabarlar tarqala boshladi. Soat 18:34 da “Xabar.uz” o‘z manbalariga asoslanib Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabar berdi. Xuddi shu vaqtda UZ24 sayti “ishonchli manbalar”ga asoslanib viloyat rahbari davolanishni davom ettirayotgani, uning holatini mutaxassislar nazorat qilib turganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Buxoro yangiliklarini yoritib boruvchi kanallar Karim Kamolovning vafoti haqida yoza boshladi.

    Bu orada Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev hokimning oila a’zolariga asoslanib, “Karim Jamolovich Kamolovning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on”ligi, uning oila a’zolari Qudratxo‘jayevdan “jurnalistlar va blogerlar feyk xabar tarqatmaslikni so‘ragani”ni ma’lum qildi. Soat 19:44 da esa Bukhara News kanali viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevga asoslanib, “Karim Kamolovning ahvoli juda og‘ir, koma holatida” ekani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda kanal hokimning uyi atrofi tezkorlik bilan asfalt qilinayotgani, Hazrat Imom qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganini yozgan.

    Buxorodagi Hazrati Imom qabristoni oldida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 2020-yil 17-avgust.

    Buxorodagi Hazrati Imom qabristoni oldida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 2020-yil 17-avgust.
    Foto: Telegram / @BukharaNewsUz

    Soat 20:03 da Buxoro viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berdi. Hokimlik matbuot xizmati Karim Kamolovning vafoti haqidagi gap-so‘zlar “hech qanday asosga ega emas”ligini ta’kidlab, viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanayotgani, uning salomatligi malakali mutaxassislar nazoratida ekanini ma’lum qildi.

    Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Olim Jo‘rayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, viloyat rahbarining ahvoli kecha (16-avgust kuni) kechqurun og‘irlashgan, ammo u hayot. “Hokimning yashash manzilida bugun asfaltlash ishlarining boshlangani bu ta’ziyaga tayyorgarlikmas, hamma joyda qurilish ishlari davom etyapti. Xuddi shuningdek, mening ham ko‘chamda ta’mirlash boshlangan. Bu ta’ziyaga tayyorgarlik, deganimas!”, — dedi Olim Jo‘rayev.

    Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusga chalinib, Toshkentda kasallikdan davolanayotgani haqida ilk bor 30-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zolari ma’lum qilgan edi. Buxoro viloyati hokimligi 31-iyul kuni ushbu axborotni tasdiqlab, hokimda kasallik 25-iyul kuni tasdiqlangani, u dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filialida davolangani, 29-iyul Toshkentga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

    Karim Kamolov.

    Karim Kamolov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Hozirda Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi”, — deya ta’kidlangandi hokimlikning 31-iyuldagi axborotida. Keyinchalik hokimning koronavirus asoratlaridan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi, bunga oydinlik kiritish maqsadida 7-avgust kuni o‘tkazilgan brifingda hokim o‘rinbosari Farhod Umarov bunday shov-shuvlar o‘rinsizligi, hokim Kamolovning ahvoli yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘qligini, u yaqin kunlarda tuzalib, faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.

    11-avgust kuni Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Rustam Ikromov koronavirusga chalingan va ayni vaqtda davolanishda bo‘lgan yuqori martabali shaxslar ahvoli haqida axborot berarkan, ayni kunlarda ularning salomatligida tashvishli narsa yo‘qligini, davolash ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq, 16-avgust kuni Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov (uning kasallangani rasman 18-iyulda ma’lum qilingan edi), 17-avgust kuni esa Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov (u 27-iyuldan bunyon Toshkentda davolanayotgan edi) koronavirusdan davolanib, ishga qaytgani ma’lum bo‘ldi.

    Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan edi. Unda koronavirus 24-iyun kuni tasdiqlangan, bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan, biroq uning kasalligi 18-iyulga qadar yashirilgan edi.

    Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV bosh muharrirlari Musa Yerniyazov haqidagi xabarlar sabab yarim tunda prokuraturaga chaqirildi

    17.08.2020, 20:00   Izoh (0)   128401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirobodda tormozi ishlamay qolgan avtokran Mazda’ga urilib, Spark va Nexia ustiga yiqildi (video)

    17.08.2020, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev karantin yumshatilgani sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytdi

    17.08.2020, 19:21

    Toshkent shahrida yaqin 3 oy ichida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtiriladi

    17.08.2020, 18:33

    Sirdaryoda Nexia velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

    17.08.2020, 18:19

    Farg‘onada tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi

    17.08.2020, 18:07

    O‘zbekistonda havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    17.08.2020, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.