Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 2-turida “Rostov” 15-avgust, shanba kuni “Zenit” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Uchrashuv birinchi bo‘limining dastlabki choragida rostovliklar faollik ko‘rsatdi va amaldagi chempion darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etdi. Shundan keyin ustunlik piterliklar tomoniga o‘tdi. Bo‘lim yarmiga kelib “Zenit” futbolchilari penalti ishlab oldi. Sardor Azmunning 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini dastlab darvozabon qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to‘pni eronlik futbolchi yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi. 78-daqiqada mehmonlar Yaroslav Rakitskiyning chetlatilishidan keyin kamchilikda qoldi. Biroq maydon egalari bundan unumli foydalana olmadi. 87-daqiqada burchakdan uzatib berilgan to‘pni Deyan Lovren boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi va yangi jamoasi safidagi debyut golini urdi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 85-daqiqada zaxiraga olindi.

Shuningdek, “Lokomotiv” Aleksey Miranchukning yagona gol evaziga “Krasnodar”ni taslim etdi. SSKA esa o‘z uyida “Tambov”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi turdan keyin “Zenit”, “Lokomotiv” va SSKA hozircha yo‘qotishlarsiz ketmoqda.

RPL

2-tur bahslari

15-avgust, shanba

“Rostov” — “Zenit” 0:2

Gollar: 0:1 – 23 Azmun, 0:2 – 87 Lovren.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Kozlov (Bayramyan, 85), Chernov, Hajikadunich, Ionov, Zaynutdinov, Normann, Popov (Yeremenko, 74), Mamayev (Xasimoto, 74), Shomurodov (Toshevski, 85).

“Zenit”: Kerjakov, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Lovren, Ozdoyev, Barrios, Malkom (Proxin, 80), Rigoni (Yeroxin, 73), Driussi (Krugovoy, 73), Azmun (Mostovoy, 85).

Ogohlantirishlar: Malkom (1), Normann (3), Chernov (23), Rakitskiy (55), Azmun (70), Barrios (90).

Chetlatish: Rakitskiy (78).

SSKA — “Tambov” 2:1

Gollar: 1:0 – 29 Kuchayev, 1:1 – 42 Karapetyan, 2:1 – 55 Shkurin.

“Lokomotiv” — “Krasnodar” 1:0

Gol: 1:0 – 43 Miranchuk.

“Dinamo” — “Rotor” 0:0

“Rubin” — “Ural” 1:1

Gollar: 0:1 – 12, penalti Bikfalvi, 1:1 – 35, penalti Ignatyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!