Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida 13-avgust kuni spirtli ichimlik ta’siridagi Nexia-2 mashinasi haydovchisi velosipedda ketayotgan ikki nafar bolalarni katta tezlikda uirb ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, 13-avgust kuni soat 14:45 da Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.Q. Nexia-2 mashinasini mast holda, yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Natijada 2009-yilda tug‘ilgan R.G. va velosiped yo‘lovchisi, 2010-yilda tug‘ilgan Sh.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Bosh prokuratura tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 13-avgust kuni Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt’ning beton to‘siqqa urilishi oqibatida bir yo‘lovchi, Labo’ning reklama ustuniga urilishi natijasida ham bir yo‘lovchi halok bo‘lgandi. Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etgandi. Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘lgandi. Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...