Amerikaning Shimoliy Karolina shtati olabaliq (forel balig‘i) ovi, tog‘li hududlarda sayr qilish hamda ayiqlari (zich joylashgan) bilan mashhur. Birgina 90 ming aholisi bo‘lgan Asheville shahrida 100-200 ga yaqin ayiq mavjud. Bu kabi xavfli “qo‘shnilar” odamlar bilan yonma-yon yashashga o‘rganib qolgan va ular ham ko‘pincha turar joy ko‘chalarida sayr qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Asheville yaqinida yashovchilardan birining hovlisiga ayiq butun oilasi bilan tashrif buyurgan. Ular bolalarning o‘yin maydonchasini egallab olgan. Ayiqchalar o‘zini barcha bolalar kabi tutgan: arg‘imchoqda uchgan, to‘polon qilgan, sirpanchiq uchgan. Ona ayiq ham xuddi insonlardek bolalarining shovqiniga beparvogina dam olgan.

Video muallifi o‘rmondan kelgan mehmonlarni kuzata turib, ona ayiqqa tegishli bolalar aslida uchtaligini sezgan. Uning fikriga ko‘ra, ikkita ayiqcha boshqa ayiqning bolasi bo‘lib, odatda ular onasi o‘lgan yetim ayiqchalarni asrab oladi.

Albatta, birdaniga besh ayiqni boqish ham qiyin, ham mas’uliyatli ish. Ko‘p bolali onalar ham doimo farzandlari bolalar maydonchasida o‘ynayotganida birozgina dam olishni xohlaydi.

Eng qizig‘i, ayiqchalar shovqin ko‘targanda, ona ayiq ularga ikki marta dakki berib, tinchlantirgan. Nima bo‘lganda ham mehmonlar o‘zini juda yaxshi tutgan. Yetarlicha o‘ynab bo‘lgandan so‘ng, quvnoq ayiqlar oilasi uy egasiga hech qanday noqulaylik tug‘dirmasdan o‘yingohni tark etgan.