Ijtimoiy tarmoqlarda Bayrutdagi portlashdan keyin uyida pianino chalayotgan keksa ayol videosi mashhurlikka erishdi. Bu haqda Esquire ma’lum qiladi.

Kadrda pianino chalayotgan ayol paydo bo‘ladi. Deraza va eshiklar singan. Idish-tovoqlar polda yotar, ayol chalayotgan musiqaga hamohang kimdir xonani yig‘ishtirayotgani eshitiladi. Bundan tashqari, videoda portlashdan keyin tushgan  pardalar, mebel va stullardagi chang qatlami ham tasvirga olingan.

4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrutdagi mahalliy portda 2750 tonna ammiak selitrasi portlagan. Moddaning bir qismi olti yil davomida tegishli profilaktika choralarisiz omborlardan birida saqlangan. Port ishchilari o‘g‘irlikning oldini olish maqsadida ombordagi teshiklarni muhrlashga qaror qilgan, ammo ish paytida yong‘in chiqib, portlash yuz beradi.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida 137 kishi halok bo‘lgan, besh mingdan ortiq odam jarohatlangan. Kuchli to‘lqin bir necha kilometr uzoqlikdagi binolar oynalarini sindirib, 3 mingga yaqin odamni boshpanasiz qolgan.