Klassik avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi LBI Limited kompaniyasi 1969-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Corvette C3 Stingray’ni sotuvga qo‘ydi. 51 yoshli sportkar 40 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: LBI Limited

Rodster eksteryeri Fathom Green to‘q yashil rangda ishlangan va xromlangan detallar bilan bezatilgan: bamperlar, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oynalar va old oyna romi. Avtomobil original g‘ildirak diskalari va shinalari bilan taqdim etilmoqda. Salon ham zavoddan chiqqanidan buyon deyarli o‘zgarishga uchramagan.

Sotuvchining ma’lum qilishicha, Stingray’ning hozirgi egasi uni 1998-yilda sotib olgan. Mashina xarid qilingan vaqtida salkam 80 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lgan, hozirga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 4000 kilometrga oshgan. Ikki eshikli mashina yaxshi holatda saqlangan, “podveska” va tormoz tizimidagi “yeyilgan” ko‘plab detallari almashtirilgan.

Foto: LBI Limited

Chevrolet Corvette C3 Stingray 304 ot kuchiga ega 5,7 litrli V8 motori yordamida harakatga keladi. U esa o‘z navbatida to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Motor to‘liq originalligini saqlab qolgan, faqat radiator yangilangan va klapanlar qopqog‘i bo‘yalgan.

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited

Foto: LBI Limited