Hozir O‘zbekistonda yoz chillasi bo‘lgani bois iyul oyida vafot etganlar soni avvalgi oylarga nisbatan ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 5-avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Tadbirda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rajabboy Isroilov respublikada umumiy o‘lim holatlarining kunlik ko‘rsatkichiga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: UzReport TV

“Statistika bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy aholisiga bir kunda 500 tadan 600 tagacha o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Bular yosh bolalardan tortib qariyalargacha. Aynan shuning ichida infeksiya qurbonlari ham bo‘lishi mumkin. Iyul oyida yozgi chilla bo‘lgani uchun bu raqamlar ko‘paygan bo‘lishi, shubhasiz”, — dedi Isroilov.