Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ogayoning Kolumbus shahridagi hayvonot bog‘i 21-iyul kuni kechqurun yo‘qolib qolgan qizil pandani qidirmoqda, deb xabar beradi Fox News.

Foto: Facebook / Columbuszoo

Foto: Facebook / Columbuszoo
Hayvonot bog‘i xodimlarining Facebook’ka yozishlaricha, ular butun hududni qidirib chiqqan, volyerdagi har bir o‘simliklar ostini, shuningdek, boshqa hayvonlar saqlanadigan volyerlarni ham ko‘zdan kechirgan, biroq panda topilmagan.

Shuningdek, mutaxassislar kameralardagi yozuvlarni ham ko‘rib chiqqan, ammo bu ham uning izini topishga yordam bermagan.

Yo‘qolgan pandaning ikkita emizikli bolasi bo‘lgan, hozirda ular maxsus sut bilan oziqlantirilmoqda. Xodimlar ona panda qaytishiga umid qilmoqda.

Hayvonot bog‘idagilarning ta’kidlashicha, qizil panda odamlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, biroq baribir unga duch kelinganida yaqinlashmaslik va hayvonot bog‘iga xabar berish so‘ralgan.

“Ular tabiatan uyatchan va tutqich bermas, shu sababli uni qo‘rqitib yuborishni istamaymiz”, — deyiladi hayvonot bog‘i e’lonida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Belfast hayvonot bog‘idan ham noyob qizil panda qochib ketgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi