Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shaxsiy avtomobilda harakatlanish kunning ma’lum vaqtlarida chegaralanganidan so‘ng yo‘nalishsiz taksilarga bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan oshgan. Aholi orasida esa taksilarning narxlari bu vaqtda keskin oshgani tanqid qilinmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan reydlar uyushtirildi, deya xabar beradi shahar hokimligi.

Qayd etilishicha, reydlar shaharda o‘rnatilgan 24 ta blokpostlarda tashkil qilinib, Transport vazirligi hamda Toshkent shahar transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan olib borilgan.

Boshqarma inspektori Muzaffar Oripovning ta’kidlashicha, tadbir boshidan beri 376 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Jumladan, narxlarni asossiz oshirilganligi va litsenziya talab va shartlarini buzilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. Shu kunga qadar 64 ta korxonalariga tegishli tartibda talabnomalar yuborilgan va litsenziyalari bekor qilingan.

Hududlarda tashkil etilgan vaqtinchalik blokpostlarda o‘tkazilgan tekshiruvi davomida ko‘p hollarda, asosan, “Yandeks Taksi” dasturi orqali ishlovchi yo‘nalishsiz taksilarda narxlarning oshirilishi bo‘yicha shikoyatlar tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova