• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 7 mingdan oshdi. Ularning qanchasida kasallik simptomlarsiz kechmoqda — noma’lum

    O‘zbekistonda 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra rasman 7218 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Qayd etish joiz, bu vaqtga kelib jami kasallanish holatlari soni 16 429 taga yetgan.

    “Hozirda mamlakatimizda 7218 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Ularning qanchasida kasallik alomatlarsiz (simptomlarsiz) kechayotgani ma’lum qilinmagan. Qayd etishlaricha, 72 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 21 nafariniki esa o‘ta og‘ir.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi 10-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning mavjud sog‘liqni saqlash muassasalari quvvati koronavirusga chalingan yangi bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi, “tizimni qayta tiklash” uchun 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi qaytadan joriy etilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni rasman 3986 nafar edi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Hakimov 13-iyul kuni keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda jami 16 ta kasalxonada koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun 3580 ta koyka-o‘rin ajratilgan. 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida aniqlangan va davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 5051 nafarni, Toshkent viloyatida esa 851 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu 5902 nafar bemorning qanchasi Toshkent shahrida, qanchasi Toshkent viloyatida davolanayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

    Mavzuga doir: Tibbiyot fanlari doktori O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi qancha koronavirus bemorini qabul qilsa, inqirozga uchrashini aniq ayta olmadi

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 7-iyul kuni bergan intervyusida O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi hali eng yuqori cho‘qqisi chiqmaganini ta’kidlagan edi (ayni vaqtda O‘zbekiston hukumati mamlakatda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini kechmoqda, deb hisoblayapti). Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz “qo‘shni mamlakatlarniki kabi” qulaydi.

    E’tiborga molik tomoni, professor Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9-iyuldagi brifingda esa Oqilov “koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjud”ligini, tizim “har qancha bemorni qabul qila olishi”ni ta’kidladi. 18-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi poytaxtda koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun 2358 ta koyka zaxirasi shakllantirilganini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:O‘zSSV “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” degan marhum bemorni kasalxonalar bir necha bor qabul qilmagan

    Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan muassasalar orasida Toshkentning Yunusobod tumanidagi “Nuroniylar” sanatoriyasi ham bor. Poytaxt hokimligi axborotiga ko‘ra, u yerda 300 ta koyka tashkil etilgan. Otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan rejissor Sarvar Karimov akasi va singlisi bilan birga 18-iyulga o‘tar kechasi shu muassasaga joylashtirilgan.

    Sarvar Karimov koronavirusga chalinganlarni davolashga ixtisoslashtirilgan sanatoriyadagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, jumladan, shunday deb yozdi: “8 ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Bechoralarning ahvoli biznikidan battar. Boshqa vrachlar yo‘q, ukollar yo‘q, apparatlar yo‘q... Vrachlar juda kam, butun shifoxonaga atigi 3-4 kishi. Qo‘ldan kelgancha yordam berishyapti, ammo ularga ham qiyin”.

    19.07.2020, 10:06   Izoh (0)   44460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir kechada 243 kishida koronavirus tasdiqlandi

    19.07.2020, 10:04

    Toshkentda koronavirusga chalingan qibraylik 67 yoshli ayol vafot etdi

    19.07.2020, 09:54

    Surxondaryo hokimining koronavirusga chalingani bir necha kun yashirildi. U COVID-19 ni yuqtirib olgan yagona hokim emas

    19.07.2020, 09:01

    Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tanishini o‘ldirib, ko‘mib yuborgan shaxs aniqlandi

    19.07.2020, 08:41

    Samarqandlik ona yig‘lab Erkinjon Turdimovga videomurojaat qilgach, uning og‘ir ahvoldagi farzandi kasalxonaga joylashtirildi

    19.07.2020, 08:22

    Foto: O‘zbekistonning bo‘shab qolgan ko‘chalari

    19.07.2020, 07:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.